Qoʻziqorin
Qoʻziqorin - diskomitsetlar urugʻi askomitsetlar sinfiga mansub zamburugʻlar turkumi. Apotetsitlari yirik, balandligi 6—15 sm, kengligi 1,5—5 sm, tik va etdor, poyacha va qalpoqchaga boʻlingan. Poyachasi silindrsimon, yoʻgʻonligi 2—3 sm. Qoʻngʻir tusli qalpoqchasi poyachaga yopishgan, konussimon sirti uyachali. Askalari silindrik, uzun (350 mkm gacha). Sporalari bir hujayrali. Q.ning 6 turi bor. Shimoliy yarim sharning moʻʼtadil mintaqalarida, Avstraliya aralash va ignabargli oʻrmonlarining yalang joylarida, ayniqsa, yongʻin ketgan qismida, oʻrmon chetlari va togʻlarda tarqalgan. Tuproq saprofiti. Erta bahorda uchraydi. Pishirib yeyiladi. Oʻzbekistonda choʻl Q.i oʻsadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |