Qobil va Hobil
Qobil va hobil — yahudiy, xristian va islom dini rivoyatlariga koʻra, Odamatoning ikki oʻgʻli. Q. va H. Bibliyada Kain va Avel deb tilga olingan. Rivoyatga koʻra, Odamato har farzand koʻrganida 1 oʻgʻil va 1 qiz tugʻilar edi. Ilgari tugʻilgan oʻgʻil farzandiga 2-vaqtda tugʻilgan qizni olib berar, shu tarzda insonlar koʻpa-yar edi. Qobil 1 qiz bilan, Hobil ham 1 qiz bilan egiz tugʻildilar. Odamato qoidaga koʻra, Qobil bilan tugʻilgan qizni Hobilga bermoqchi boʻldi. Lekin Qobil eʼtiroz bildirdi. Shunda, Odamato, ikkovingiz Alloh yoʻlida qurbonlik qilinglar, qaysi biringizning qurbonligingiz qabul boʻlsa, qizni oʻshanga nikohlab beraman dedi. Qobil dehqonchilik kasbidan topgan arzimas narsasini xudo yoʻliga ataydi. Hobil esa qoʻylari orasidan eng yaxshi bir qoʻchqorni tanlab qurbonlik qiladi. Shunda Hobilning qurbonligi qabul qilingani maʼlum boʻladi. Bundan gʻazabga kelgan Qobil oʻz inisini oʻldiradi. Hobil oʻlimga yuz tutayotgan boʻlsa-da, akasiga qarshi qoʻl koʻtarmasligini, qotilni Alloh shubhasiz doʻzax bilan jazolashini aytadi. Voqea bayon etilgan "Moida" surasidagi oyatlarda (5:27/30 —32/35) bir kishini nohaq oʻldirish butun jamiyatni oʻldirish, bir kishini halokatdan saqlab qolish esa butun jamiyatni asrab qolishdir, deb taʼkidlanadi.
Qobil Hobilni oʻldirganidan keyin uning jasadini nima qilishni bilmaydi, aniqrogʻi jasadni qanday qilib yoʻqotishni bilmaydi.Ancha yoʻl yuradi, soʻngra bir qargʻaga koʻzi tushadi(qargʻaning ukasi avval boshqa qargʻaning uyiga bostirib kirgan boʻladi va jazolanadi.Keyinchalik yana gunoh ish qiladi, yaʼni boshqa qargʻaning ayoliga zoʻravonlik qiladi va bu gunohning jazosi albatta oʻlim boʻladi. Jazo sifatida barcha qargʻalar bu qargʻani tumshuqlari bilan choʻqib oʻldirishlari kerak boʻladi. Bu ishni uning akasi koʻrishni istamaydi va yonidagi qargʻaga men ketaman va akasi sifatida oʻz burchimni ato etaman deydi.Ukasining jasadini tumshugʻida koʻtarib kelib, ukasini koʻmish uchun yerni qazishni boshlaydi)."Shu qushning aqli yetgan ishga mening aqlim yetmadimi?" deb oʻylab u ham ulasini koʻmadi.
Aslida bu voqealarni oʻsha qargʻaning nabirasi bir choʻponga aytib berayotgan boʻladi va " endi Qobildan koʻrib boshqa insonlar ham oʻz aka-ukalarini oʻldirishlari mumkin va ularning qilgan gunohlarining barchasi ham Qobilga yoziladi" deydi.Anashu voqeadan keyin ham odam vafot etsa uni yerga koʻmish paydo boʻlgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |