Erkin Qodirov (1932.28.12, Toshkent) — sitolog, gistolog olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990), biol. fanlari doktori (1982), professor 0984), Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgach (1961), Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻlka tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti ordinatori (1961—62), as-piranti (1963—66), katta ilmiy xodim (1968), Toshkent universiteti biologiya-tuproqshunoslik fakultetida katta oʻqituvchi (1968-79), dotsent (1979), kafedra mudiri (1983-yildan). Ilmiy ishlari koʻlboryuton zahari turli dozalarining kalamushlar ichki sekretsiya bezlari: gipofiz, qalqonsimon bez va buyrak usti bezlari hujayralari morfologik tuzilishi va vazifalariga taʼsirida roʻy beradigan morfofunksional oʻzgarishlarni oʻrganishga, shuningdek, ilon chaqqanida davolash maqsadida yuboriladigan "Antigyurza" zardobini zaharsizlantirish dinamikasini morfofunksional usullar yordamida yoritishga bagʻishlangan.

Manbalar tahrir

  • Zlokachestvennny zob, T., 1967; Umumiy gistologiyadan amaliy mashgʻulotlar uchun qoʻllanma. T., 1983; Gistologiya [Darslik], 1994; Odam anatomiyasi [Darslik], T., 2003.