Qodirxon Yusuf Ibn Horun Bugʻroxon Ibn Muso Tulka Eloq Ibn Sotuq

Qodirxon Yusuf Ibn Horun Bugʻroxon Ibn Muso Tulka Eloq Ibn Sotuq (? — 1032-yil dekabr, Qashqar) — Sharqiy qoraxoniylar davlati xoni. Upgbiy va Ibn al-Asir Q.Yu.ni Xoʻtan hukmdori deb atashadi. Numizmatik maʼlumotlarga koʻra, u 1013—14 yillarda Yorkend, 1014—15 yillarda Qashqarda ham hukmronlik qilgan. 1025-yil Q. Yu. va Mahmud Gʻaz-naviy bir paytda Movarounnahrga, Alitegin ustiga yurish qilishgan. Gardiziyning yozishicha, Samarqand yaqinida Q.Yu. Mahmud bilan uchrashgan, oʻrtada bitim tuzilgan. Q.Yu. Aliteginning akasi Toʻgʻonxonni Bolasogʻundan siqib chiqargan. Q.Yu.ning mulki 1032-yilga kelib Sharqiy turkistondan tashqari Yettisuv va Janubiy Qozogʻistonni qamrab olgan. Poytaxt Qashqar shahri boʻlgan. Uning vafotidan keyin Sharqiy Turkiston va Yetti-suv katta oʻgʻli Bugʻrotegin Sulaymonga tekkan, u Arslonxon unvonini olgan. Talas (Avliyoota) va Isfijob (Sayram) QYU.ning 2-oʻgʻli Yagantegin Muhammadga tekkan. U Bugʻroxon unvoni bilan xonlik qilgan.

Adabiyot tahrir

  • Bartold V. V., Sochineniya, t.2 (4.1). M., 1963; Materialn po istorii Sredney i Sentralnoy Azii X—XIX vv., T., 1988.