Qods Mohajer 10
Quds Mohajer 10 ( forscha: مهاجر ۱۰) - Eronning jangovor uchuvchisiz uchish apparati ilk bor 2023-yilda ommaga taqdim qilindi. Uning ishlash diapazoni 2000 km bo'lib,[1] samolyot korpusi MQ-9 Reaper bilan tashqi ko'rinishi jihatidan o'xshash.[2] Apparat 24 soatlik parvoz qila olish qobilyatiga ega hamda o'zi bilan 300 kilogramgacha bo'lgan o'q-dori va elektron uskunalarni tashiy oladi. [3] U 2023-yilning avgust oyida Eron Prezidenti Ibrohim Raisi va Mudofaa vaziri Muhammad-Reza Gharaei Ashtiani ishtirokida rasman ochilish marosimi o'tkazildi.
Mohajer 10 | |
---|---|
Ochilish marosimida " Mohajer 10 " 6 ta havodan-yerga mo'ljallangan o'q-dorilar, jumladan, Almas raketasi, Gaem bombasi va Dastvareh/Arman-1 suzuvchi bombalari bilan jihozlangan bo'lgan.[4] Isroil telekanalining da'vo qilishicha, uchuvchisiz samolyotning birinchi sinow vaqtida Isroilning Dimona shahri ibroniy tilida yozilgan "bunkerlaringizni tayyorlang" degan xabar bilan tahdid qilingan.[5] Ammo Eron teleradiokompaniyasining hisoboti va Eron Mudofaa va qurolli kuchlar logistikasi vazirligining rasmiy taqdimot tizerida Isroil haqida hech qanday havola keltirilmagan.[6][7] Biroq internetdagi nomaʼlum manbalardan olingan plakatda Eron bayrogʻi tushirilgan MQ-9 Isroil yadroviy qurollarini ishlab chiqarishning muhim markazi bo'lgan Negev yadroviy markazi ustidan[8] Fors va ibroniy tillaridagi " Tosh davriga sayohatga tayyor bo'ling " sarlavhasi bilan uchib o'tgan.[9]
Mohajer 9 va Mohajer 7 ishlab chiqarilish jarayonida va ular haqida hech qanday rasmiy ma'lumot e'lon qilinmagan. Mohajer 8 go'yoki Mohajer 6 ning yangilangan shakli bo'lib, so'nggi rusumi Iroq, Suriya va Ukraina kabi turli mamlakatlarda faoliyat ko'rsatgan. Uchuvchisiz uchuvchi samolyot Islom Inqilobiy Gvardiya korpusi Harbiy-dengiz kuchlari, Quruqlikdagi kuchlari va Eron armiyasi quruqlikdagi qo'shinlari so'rovlariga asosan ishlab chiqilgani aytilgan.[10][11]
Tavsif
tahrirUning yoqilg'i hajmi 450 litrni[12] hamda tezligi 210 km/soat bo'lib,[13] U 7 kilometrgacha balandlikda ucha oladi.[14]
Islom Respublikasi axborot agentligi ma'lumotlariga ko'ra, "Mohajer 10" kuzatuv va elektron hujum qilish qobiliyatiga ega bo'lib, u 210 km/soat tezlikgacha ucha oladi va 300 kilogramgacha turli xil qurollarni bir vaqtning o'zida tashiy oladi.[1]
Shuningdek
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Raisi warns against any attacks on Iran as Tehran unveils latest attack drone“. Al Arabiya English (2023-yil 22-avgust).
- ↑ „Iran builds advanced Mohajer drone with enhanced range - state media“ (en). Reuters (2023-yil 23-avgust). Qaraldi: 2023-yil 23-avgust.
- ↑ „الحاق موشکهای"خرمشهر" و "حاج قاسم"/ پهپاد مهاجر۱۰ رونمایی شد - خبرگزاری مهر | اخبار ایران و جهان | Mehr News Agency“. www.mehrnews.com. Qaraldi: 2023-yil 23-avgust.
- ↑ „خبرگزاری فارس - پهپاد مهاجر 10 رونمایی شد+فیلم“. خبرگزاری فارس (2023-yil 22-avgust). Qaraldi: 2023-yil 25-avgust.
- ↑ „Iran unveils Mohajer 10 drone capable of reaching Israel, including explicit threat“. I24news (2023-yil 22-avgust).
- ↑ „تشریح دلایل ساخت پهپاد مهاجر10 در گفتگو با طراح پروژه/ مهاجرهای 7 و 9 در دست تولید هستند- اخبار نظامی | دفاعی | امنیتی - اخبار سیاسی تسنیم | Tasnim“ (fa). خبرگزاری تسنیم | Tasnim. Qaraldi: 2023-yil 26-avgust.
- ↑ „رونمایی از پهپاد مهاجر 10 در حضور رئیس جمهور“ (fa). telewebion.com. Qaraldi: 2023-yil 26-avgust.
- ↑ Schumann. „Fact Sheet: Israel's Nuclear Inventory“ (en-US). Center for Arms Control and Non-Proliferation (2020-yil 31-mart). Qaraldi: 2023-yil 26-avgust.
- ↑ „طرح گرافیکی جدیدترین پهپاد ایرانی مهاجر ۱۰“ (fa). مشرق نیوز (2023-yil 22-avgust). Qaraldi: 2023-yil 26-avgust.
- ↑ „تشریح دلایل ساخت پهپاد مهاجر10 در گفتگو با طراح پروژه/ مهاجرهای 7 و 9 در دست تولید هستند- اخبار نظامی | دفاعی | امنیتی - اخبار سیاسی تسنیم | Tasnim“ (fa). خبرگزاری تسنیم | Tasnim. Qaraldi: 2023-yil 25-avgust.
- ↑ „شاهد ۱۲۹ و مهاجر۶ مشغول شکار سران تروریستها در ادلب / دومین عملیات هدفمند و موفق پهپادهای ایرانی در سال جدید +تصاویر“ (fa). مشرق نیوز (2020-yil 26-may). Qaraldi: 2023-yil 25-avgust.
- ↑ „وحشت رسانههای صهیونیستی از پهپاد جدید ایرانی - خبرگزاری مهر | اخبار ایران و جهان | Mehr News Agency“. www.mehrnews.com. Qaraldi: 2023-yil 23-avgust.
- ↑ „تشریح دلایل ساخت پهپاد مهاجر 10 در گفتگو با طراح پروژه/ مهاجرهای 7 و9 در دست تولید هستند- اخبار نظامی | دفاعی | امنیتی - اخبار سیاسی تسنیم | Tasnim“ (fa). خبرگزاری تسنیم | Tasnim. Qaraldi: 2023-yil 23-avgust.
- ↑ „Iran unveils new drone, Mohajer 10, with flight range of 2,000 km“. TASS.