Qogʻonoq suvi - ona qornidagi homilani oʻrab turadigan suyuqlik. Homilani tashqi taʼsirotlardan himoya qilib, uning toʻgʻri oʻsishini taʼminlaydi. Qogʻonoq suvi fiziologik ahamiyatga ega, u homilaning qimirlashiga qulaylik yaratadi, unga kislorod va oziq moddalar yetkazib turadi; homila kindigini siqilib qolishdan saqlaydi, tugʻruq vaqtida bachadon boʻynining normal ochilishiga imkon beradi. Tugʻruq boshlanishiga qadar Qogʻonoq suvining ketib qolishi ancha xavfli, bunda noxush oqibatlar yuzaga kelishi mumkin. Bunday hollarda homilador ayolni tugʻruqxonaga joʻna-tish kerak. Qogʻonoq suvida moddalar almashinuvi jarayonida homila ajratadigan mahsulotlar boʻladi. Shuning uchun Qogʻonoq suvi tarkibini oʻrganish akusherga homilaning ahvoli toʻgʻrisida ancha aniq tasavvurga ega boʻlish va zarur boʻlganda unga oʻz vaqtida tegishli yordam koʻrsatishga imkon beradi.

Homiladorlik oxirida suv miqdori 1 —1,5 l ga yetadi. Qs.ning normadan kam boʻlishi homilada tugʻma nuqsrnlar vujudga kelishiga, suv koʻp boʻlishi esa homiladorlik va tugʻish davrida turli asoratlar (mas, dard tutishining sust boʻlishi, qon ketishi va boshqalar)ga sabab boʻladi. Shuning uchun homilador ayolda koʻp suvlik alomatlari sezilganda darhol tugʻruqxonaga yotqizib tekshirish va davolash talab etiladi.