Qonunchilik muammolari axborotnomasi (jurnal)
Qonunchilik muammolari axborotnomasi ilmiy-amaliy jurnali 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 12-bandidagi ustuvor yoʻnalishlar doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining 2020-yil 25-sentabrdagi 480–IV/QQ-131–IV-sonli Qoʻshma qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Davriy nashrning asosiy maqsadi – qonunchilik muammolari, norma ijodkorligi va parlamentarizm sohalaridagi ilmiy-amaliy tadqiqot materiallari, ilmiy, milliy hamda xorijiy qonunchilikning qiyosiy tahlilini oʻz ichiga olgan maqolalarni keng yoritib borish orqali mamlakatimizda qabul qilinayotgan qonunlarning ilmiy asoslarini mustahkamlash va parlament faoliyatining samaradorligini oshirishdan iborat. Jurnal yiliga 4 (har chorakda bir) marta chop etiladi.
Qonunchilik muammolari axborotnomasi | |
---|---|
Magazine-2021-1.jpg | |
Sohasi | Ilmiy-amaliy |
Davriyligi | Har chorakda bir |
Tili | oʻzbek, rus va ingliz |
Tahririyat manzili | 100066, Toshkent shahri, Furqat koʻchasi, 171-uy. |
Bosh muharrir | Foziljon Otaxonov |
Muassislar | 1 |
Nashriyot (mamlakat) | Credo Print ( Oʻzbekiston) |
Nashr tarixi | 6 ta |
Qachon asos solingan: | 2021-yil 7-yanvar |
Hajmi | 64 bet |
Adadi | 200 |
ISSN | 2181-3361 |
| |
Veb-sayti: https://lpri.uz/journal/ |
Qonunchilik muammolari axborotnomasi ilmiy-amaliy jurnaliga maqola topshirish tartibi va talablari
tahrir- maqolalar har chorakdagi ikkinchi oyning 15 kuniga qadar qabul qilinadi;
- maqolalar oʻzbek (lotin yozuviga asoslangan alifboda), rus va ingliz tillarining birida yozilgan boʻlishi hamda journal@oliymajlis.uz manziliga elektron shaklda yuborilishi mumkin;
- statistik va havolaki maʻlumotlar hamda iqtiboslar toʻgʻriligi uchun muallif javobgar ekanini unutmagan holda, dolzarb mavzularda hamda ilmiy tahlilga va tugallangan fikrlarga asoslangan, tahrir qilingan, amaliy taklif va tavsiyalar keltirilgan maqolalar taqdim etilishi lozim;
- maqola matni MS WORD matn muharririda, A4 shaklda yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan 1,5 sm joy qoldirilgan holda, Times New Roman shriftida, 14 yozuv oʻlchami kattaligida, 1,5 intervalda, hajmi 6 betdan 10 betgacha boʻlishi kerak;
- maqolaning sarlavhasi, muallifning ismi-sharifi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, ish (yoki oʻqish) joyi va lavozimi, annotasiya va kalit soʻzlar oʻzbek, rus va ingliz tillarida toʻliq koʻrsatilishi hamda ushbu tillardagi tarjimalar matni va mazmuni bir-biriga mos boʻlishi shart;
- tahririyatga kelib tushgan maqolalar mualliflarga qaytarilmaydi, shuningdek tahririyat talablariga javob bermaydigan maqolalar koʻrib chiqilmaydi.