Qonxo'r ko'rshapalaklar
Qonxoʻr koʻrshapalaklar. Faqatgina qon soʻrib oziqlanuvchi yagona sutemizuvchi boʻlib, Markaziy va Janubiy Amerika tropik mamlakatlarida yashovchi qonxoʻr koʻrshapalaklar sanaladi. Desmod (Desmodus rotundus), baʼzan qonxoʻr (vampir) ham deb ataladi va uyqudagi hayvonlarga hujum qiladi. Odatda, u qoramol yoki otlami tanlaydi, ammo baʼzan hatto odamga ham hujum qiladi. Qonxoʻrlaming boshqa ikki turi, Diaemus youngi va Diphylla ecuadata, oʻzlariga oʻlja sifatida yirik qushlar, shu jumladan, uy tovuqlarini tanlaydilar. Oddiy qonxoʻr oʻz oʻljasining qonini 30 minut atrofída soʻradi. 0 ‘lja yoʻqotgan qon miqdori uning hayoti uchun xavfli boʻlmasa-da, koʻrshapalaklar tashib yuradigan yuqumli kasalliklar oʻz taʼsirini koʻrsatishi mumkin. Bir yil davomida 100 nafar qonxoʻr koʻrshapalaklar ichadigan qon miqdori 25 sigir yoki 14000 tovuqdagi qon miqdoriga tengdir. Qonxoʻr koʻrshapalaklar gʻorlarda soni 100 dan 1000 tagacha aʼzodan iborat koloniyalar tashkil etib, panjalari bilan devorlarga osilib olib, toʻla qorongʻilikda yashaydi. Ular ehtiyotkor hayvonlar boʻlib, ov qilishga faqat qorongʻi, oysiz kechalar uchib chiqadi.
Desmod. Tanasining uzunligi 9 sm, qanoti yozilganda uzunligi 18 sm ga yetadi. Uning burni qanqaygan, kichikroq uchli qulogʻi bor, dumi yoʻq. Qonxoʻrlarda boshqa koʻp koʻrshapalaklardagidek tishlar koʻp emas. Chunki unga ovqatni chaynash va maydalashni keragi yoʻq. Desmod – qonxoʻming yangi tugʻilgan bolasi juda ojiz boʻlishiga qaramay, oʻtkir timoqlari va qiyshaygan sut tishlari bilan onasiga, hatto parvoz payti ham mahkam yopishib olish imkoniga ega. Dastlabki damlarda bola faqat onasining suti bilan oziqlanadi. Taxminan 3 oylardan soʻng, ona uni asta-sekin qonga oʻrgatib, bir martada bir necha tomchi berib boradi.
Oziqlanishi
tahrirQonxoʻr koʻrshapalak oʻz oʻljasidan nariroqqa qoʻnib, toʻrt oyoqlab, sezdirmaslikka harakat qilib yaqinlashadi. Qonxoʻrning burni issiqlikka sezgir boʻlib, oʻlja tanasidagi teriga yaqinroq joylashgan qon tomirlarini topishga yordam beradi. Tigʻ kabi oʻtkir tishlari bilan koʻrshapalak hayvon tanasida kesik hosil qiladi va oqib chiqayotgan qonni tili bilan yalay boshlaydi. Koʻrshapalakning soʻlagi kesik joyini ogʻriq sezmaydigan qilib, qonni quyulib qolishdan saqlaydi.
Manbalar
tahrir1. „Asia’s biodiversity vanishing into the marketplace“ (Wayback Machine saytida 2012-04-07 sanasida arxivlangan) 2012-yil;
Adabiyotlar
tahrir1. "Hayvonot olami" ensiklopediyasi