Qora Qalpoqliklar yoki Qora Qalpoqlilar (rus.Чёрные клобуки, ukr. Чорні клобуки) Berendei, Torki kabi yarim koʻchmanchi turkiy qabilalar guruhining umumiy nomi hisoblanadi[1]. 11-asr oxirida ular Kiyev va Pereyaslav knyazliklarining janubiy chegarasida joylashgan Ros daryosi vodiysi boʻylab koʻchib yurishgan[2][3].

Tarix tahrir

 
Qora Qalpoqliklar Kiyev knyazligi paytida tarqalgan hududlar

Ular haqidagi dastlabki maʼlumotlar 1146-yildagi Kiyev knyazligining yilnomalarida qayd etilgan[4].

12-asrda Kiyev knyazligi tomonidan yerlarning katta qismining egallanishi tufayli qabilalarning koʻpchiligi oʻtroq hayotga oʻtishga majbur boʻlishgan[2] va oʻzlari yashagan joylarda koʻplab shaharchalar barpo etishgan(hozirgi Cherkas va janubiy Kiyev viloyatlariga toʻgʻri keladi). Ularning poytaxt shahri Torchesk (hozirgi Qaharliq shahri bilan yonma-yon) boʻlgan va Kanev shahri bilan vaqti-vaqti bilan almashtirib turilgan[4]. Ular rus knyazlari tomonidan janubiy chegaralarini qipchoqlardan himoya qilish uchun ham foydalanilgan[2] va Kiyev Rusining tashqi aloqalarida asosiy ittifoqchilaridan bir boʻlgan[2]. Moʻgʻullar istilosidan soʻng ular qisman qoʻshni xalqlar tomonidan bosib olingan va oʻsha xalq madaniyatiga singib ketishgan[2]. Oʻzbekxon kabi Oltin Oʻrda hukmdorlari (1340—1390-yillar oraligʻida) tomonidan Oʻrta Osiyoga surgun qilingan[2][5].

 
Torcheskiy viloyatida Qora Qalpoqliklarga oʻrnatilgan yodgorlik toshi

Ularning nomi Qora Qalpoqlik yoki Qora Qalpoqli maʼnosini bildiradi, turkiy tillarda esa „Qoraqalpoq“ deb ataladi. Ularning milliy libosidan kelib chiqib bunday nom berilgan degan tahminlar mavjud. Qora Qalpoqliklarning hozirgi Qoraqalpoqlarning ajdodlari boʻlishi mumkinligi aniq emas[6].

15-asrning 1152-yilgacha boʻlgan Moskva arxividagi xronikalar toʻplamida Qora Qalpoqliklarni Shimoliy Kavkazdan kelgani uchun cherkaslar deb ham atalganligi yozilgan[1].


Havolalar tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Chorni Klobuky in the Cossack dictionary-handbook“. 2016-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 „Chorni Klobuky in the Small dictionary of History of Ukraine“. 2016-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-oktyabr.
  3. „Chorni Klobuky in the Great Soviet Encyclopedia“. 2016-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 „Chorni Klobuky in the Encyclopedia of History of Ukraine“.
  5. „Antique root of sharovary. Ukrayinska Pravda. 5 February 2013“. 2016-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-oktyabr.
  6. „David Nicolle, Angus McBride (2001), Armies of Medieval Russia, Osprey Publishing,“. [sayt ishlamaydi]