Qorakoʻz Beka (XIII asr)[1] — Temur Malik bilan birga moʻgʻullarga qarshi kurashgan va turli xalq afsonalarida nomi kechgan malika, Xorazmshohlar davrida Axsikent hokimi boʻlgan Muzaffar otaliqning qizi. Qorakoʻz Beka harbiy jang sanʼati boʻyicha maxsus taʼlim olgan boʻlib, shaxsan oʻzi bir qancha janglardan qatnashgan. Malika oʻzining harbiy mahoratini Axsikentda yuz bergan isyon vaqtida ilk bor namoyon etgan edi. Qorakoʻz Beka keyinchalik Temur Malik boshchiligidagi Xoʻjand mudofaachilariga oʻzining 500 nafar jangchisi bilan yordamga boradi. Qorakoʻz Beka Sirdaryo sohillarida dushman askarlariga bilan erkak kiyimini kiyib jang qilgani aytiladi. Tarixiy asarlarda Qorakoʻz Bekaning Xoʻjanddagi mudofaaga qatnashishiga asosiy sabab qilib uning Temur Malikka boʻlgan sevgisini koʻrsatib oʻtishgan. Bu turli tarixiy asarlarda ham oʻz ifodasini topgan. Xususan, yozuvchi Mirmuhsin oʻzining „Xoʻjand qalʻasi“ asarida Qorakoʻz Beka obraziga alohida eʼtibor berib oʻtgan.

Qorakoʻz Beka
Tavalludi
Axsikent
Vafoti keyinchalik Qistakoʻz deb atalgon joy
Fuqaroligi Xorazmshohlar davlati
Dini Islom
Otasi Muzaffar otaliq

Qorakoʻz Beka janglarning birida ogʻir yarador boʻlgan. Temur Malik uni Xoʻjand qalʼasiga olib kirmoqchi boʻlganida bunga qarshi boʻlib, uni Axsikentga joʻnatib yuborishini iltimos qilgan. Biroq malika Axsikentga yetib bormasidan yoʻlda vafot etadi. Temur Malikning toʻrt nafar askari malikani kiyimlari bilan dafn etishgan va qabrida bir necha kun qorovullik qilib ortga qaytishgan. U dafn etilgan hudud keyinchalik Qistakoʻz nomini olgani taxmin qilinadi[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Namangan viloyat ensiklopediyasining birinchi jildi nashrdan chiqdi“ (uz). xs.uz. 2023-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-avgust.
  2. Rustamjon Ummatov. Gʻaznai Namangon. Toshkent: Sharq — 94-bet.