Qoraoʻzak
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan, yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring. |
Qoraoʻzak — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzak tumanidagi shaharcha (1984-yildan), tuman markazi. Aholisi 55 ming kishi (2019-yili). Yaqin temir yoʻl stansiyasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti Nukus sh.dan (72 km). Paxta tozalash, gʻisht zavodlari, qurilish tashkilotlari, 2 avtokorxona, MTP, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Kichik biznes korxonalari, mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. 33 Umum taʼlim maktablari, 1 ta bolalar musiqa maktabi, litsey, 2 texnikum, madaniyat uylari, kutubxonalar mavjud. Markaziy kasalxona, poliklinika, dorixona va b. tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Q.dan Nukus sh.gacha avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi. Qoraoʻzak tumanidan 2 ta yirik kanal yaʼniy (Esim) kanali tumanning oʻrtasidan kesip oʻtadi va kanalning oʻtmishiga nazar soladigan bolsak, 1714-yili Qoraqalpoq xonlarining biri boʻlmish Eshmuxammad xon rahbarligida qazilgan. Shundan buyon Eshimxon Esim boʻlib nomlanib ketgan. Endi Qoraoʻzakning qishloq xojaligi ekinlariga qaratsak, bu yerdan asosan paxta, sholi, bugʻdoy ekiladi. Va tumanning eʼtiborga sozovor joylaridan 1 ta parki, 2 ta fontani va hasratli ona haykali mavjud. Qoraoʻzakda 8 ta qishloq fuqoralar yigini va 4 ta tuman fuqoralar yini bor. Bu yerdan Qoraqalpoq olimlaridan Allayar Dosnazarov, Sabir Kamalov, Sultan Qaniyazov shoirlardan Tolepbergen Matmuratov, Tolibay, Qabulov yozuvchilardan Sarigul Baxadirova qoshiqchilardan Oʻtebay Temirxanov, Baxadir Razimbetovlar yetishib chiqqan. Bu maqola Qoraoʻzak tumani gazetasi "Mehnat bayrog'i" gazetasidan olindi
Qoraoʻzak, Qarao'zek | |
---|---|
shahar | |
43°01′39″N 60°00′45″E / 43.02750°N 60.01250°E G OKoordinatalari: 43°01′39″N 60°00′45″E / 43.02750°N 60.01250°E G O | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qoraqalpogʻiston |
tuman | Qoraoʻzak tumani |
Hukumat | |
Jumaboyev Roman | |
Asos solingan | 1924-yil |
Iqlim turi | keskin kontinental |
Rasmiy til(lar)i | qoraqalpoq |
Aholisi (2019) |
55 000 dan ortiq |
Zichligi | 1km kvadrat yerda 75.5 odam kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +99(861)4654 |
Avtomobil kodi | 95 |
|
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |