Qoraqalpoq alifbosi
Qoraqalpoq alifbosi (qoraqalpoqcha: Qaraqalpaq jazıwı) – qoraqalpoq tilining yozuvi. Alifbo pado boʻlganidan beri uning grafik asosi bir necha marta oʻzgartirildi. Hozirda qoraqalpoq alifbosini kirill yozuvidan lotin yozuviga oʻtkazish jarayoni davom etmoqda. Qoraqalpoq alifbosi tarixi 4 bosqichga boʻlinadi:
- 1-bosqich – 1928 yilgacha boʻlgan arab yozuviga asoslangan alifbo;
- 2-bosqich – 1928−1940-yillardagi lotin yozuviga asoslangan alifbo;
- 3-bosqich – 1940−1994-yillardagi kirill yozuviga asoslangan alifbo;
- 4-bosqich – 1994-yildan lotin yozuviga asoslangan alifbo.
Tarixi
tahrirArab yozuviga asoslangan alifbo
tahrir1924-yilgacha qoraqalpoq yozuvining mavjudligi masalasi har xil nashrlarda turlicha yoritilgan. Dosjan Siypatdinovich Nosirov 1972-yildagi maqolasida qoraqalpoq xalqi inqilobgacha oʻz milliy alifbosiga ega boʻlmaganligi (ruscha: „Каракалпакский… народ до революции… не имел своей национальной письменности“) taʼkidlaydi. Oradan bir yil oʻtib, yana bir maqolasida inqilobdan oldin qoraqalpoq xalqi arab yozuviga asoslangan alifbosiga ega boʻlgani, ammo bu alifob xalq orasida uncha maʼlum boʻlmagan va keng tarqalmaganligini, undan aholining kichik bir qismi – mullalar, eshonlar va imtiyozga boʻlgan hukmron doiralar foydalanganishganini (ruscha: „До… революции у каракалпакского народа существовала письменность, основанная на арабской графике. Однако эта письменность не была общедоступной и общенародной, ею пользовалась незначительная часть населения — муллы, ишаны и привилегированная верхушка“) qayd qilib oʻtadi.
Shu bilan birga, yuqoridagi barcha manbalar, shuningdek, M. I. Isayevning SSSR xalqlari yozma tillari tarixiga oid taqrizma asari[1] qoraqalpoq milliy yozuvi ilk bor ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan va joriy etilganligini tasdiqlaydi.
Bu alifbo arab yozuviga asoslangan va 28 ta harfdan iborat edi[2]:
ا | ب | پ | ت | ج | چ | خ | د | ر | ز |
س | ش | غ | ف | ق | ک | گ | ڴ | ل | م |
ن | ھ | ه | و | ۇ | ۋ | ى | ي |
1924-yil noyabr oyidan bu yerda birinchi qoraqalpoq gazetasi Erkin qoraqalpoq ( ٴيركين قاراقالپاق ) nashr qilina boshlandi, 1925-yilda esa ilk darsliklar nashr etildi. Yozuvchi va pedagog Sayfulgabit Madjitov alifboning yaratilishida va birinchi asarlarning chiqarilishida katta rol oʻynagan.
Bu alifboda bir qancha muhim kamchiliklar bor edi: unda bir qancha oʻziga xos qoraqalpoq tovushlarini bildiruvchi harflar yoʻq edi, oʻquvchilar arab yozuvida mavjud boʻlgan har bir harfning uch xil uslubini oʻzlashtirishda qiynalar edi.
Sovet lotin alifbosi
tahrir1920-yillarda SSSRda mamlakatdagi turli xalqlarning yozuv tizimini lotinlashtirish kompaniyasi boshlandi. Bu kompaniya 1926-yilda Bokuda boʻlib oʻtgan birinchi turkiy qurultoydan soʻng keng qamrovga ega boʻlgan. Unda SSSRdagi barcha turkiy xalqlarga yangi alifboga („Yanalif“ deb ataladigan) oʻtish tavsiya etilgan edi. 1927-yil iyul oyida Bolsheviklarning Butunittifoq Kompartiyasi Qoraqalpoq viloyat qoʻmitasi qarori bilan viloyat Yangi alifbo qoʻmitasi tuzilib, u qoraqalpoq lotinlashtirilgan alifbosini ishlab chiqishga kirishdi. 1928-yil 30-iyulda Q.Avezov va S.Majitovlar rahbarligida ishlab chiqilgan yangi alifbo Qoraqalpogʻiston muxtor okrugi hukumati koʻrib chiqish uchun taqdim etildi. 1928-yil oxirida mutaxassislar va ziyolilar tomonidan ilgari surilgan bir qator mulohazalar inobatga olinib, ushbu alifbo tasdiqlandi. Unda 32 ta harf bor edi: a, v, s, ç, d, e, ә, f, g, h, x, i, , j, k, l, m, n, ꞑ, o, ө, p, q, ƣ, r, s, t, u, v, y, z, ş. Bu alifboda bosh harflar yoʻq edi. 1929-yil boshida bu alifboda gazeta va kitoblar nashr etila boshlandi. 1930-yilga kelib Qoraqalpogʻistonda matbaa va taʼlim arab alifbosidan lotinlashtirilgan alifboga butunlay oʻtdi.
1930-yilda qoraqalpoq ziyolilari tashabbusi bilan „Mijnetkeş qaraqalpaq“ gazetasi tahririyatida alifbo va imlo masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Natijada alifbodan c harfini chiqarib tashlash va uning oʻrniga ş harfini yozishga qaror qilindi. Bu paytga kelib qoraqalpoq imlosining qatʼiy qoidalarini oʻrnatish masalasi pishib yetilgan edi. 1932-yil sentabrda boʻlib oʻtgan I qoraqalpoq imlo konferensiyasida laifbo maʼqullandi. Asosiy oʻzgarish katta harflarning kiritilishi, shuningdek, alifbodagi harflar tartibining oʻzgarishi edi. Endi u quyidagicha koʻrinishga ega edi: Aa, Bv, Vv, Gg, Dd, Ee, Çç, Zz, Ii, Jj, Kk, Ll, Mm, Nn, Oo, Pp, Rr, Ss, Tt, Uu, Ff, Xx, Şş, Hh, Әә, Qq, Ƣƣ, Ꞑꞑ, Өө, Yy, .
1935-yil iyun oyida Toʻrtkoʻlda II lingvistik konferensiya boʻlib oʻtdi. Unda imlo masalalaridan tashqari alifbo islohoti masalasiga ham toʻxtalib oʻtildi. Undan Aa, Öo va Yy harflarini chiqarib tashlash taklif qilindi. Biroq, muhokama davomida bu taklif rad etildi va bu masalani yanada chuqurroq ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.
Qoraqalpoq alifbolarining turli davrlarga oid umumiy jadvali
tahrirArab yozuviga asoslangan alibo |
Lotin yozuviga asoslangan alifbo 1928–1930 |
Lotin yozuviga asoslangan alifbo 1930–1938 |
Lotin yozuviga asoslangan alifbo 1938–1940 |
Kirill yozuviga asoslangan alifbo 1940–1994 |
Lotin yozuviga asoslangan alifbo 1994–1995 |
Lotin yozuviga asoslangan alifbo 1995–2009 |
Lotin yozuviga asoslangan alifbo 2009–2016 |
Lotin yozuviga asoslangan alifbo 2016-yildan |
XFA |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
ا | Aa | Aa | Aa | a | |||||
ه | Әә | Әә1 | Ää | Aʼaʼ | Áá | æ | |||
ب | Bv | Bb | Bb | b | |||||
Vv | Vv | Vv | v | ||||||
گ | Gg | Gg | Gg | g | |||||
غ | Ƣƣ | Gʻgʻ | Ḡḡ | Gʼgʼ | Ǵǵ | ɣ | |||
د | Dd | Dd | Dd | d | |||||
ه | Ee | Yee | Ee | Ee, Ye ye2 | Ee | e | |||
Yoyo1 | yo | jo | |||||||
ج | Çç | Jj | Jj | ʒ | |||||
ز | Zz | Zz | Zz | z | |||||
ى | Ii | Jj | Ii | İi | Ii | i | |||
ي | Jj | Ii | Yy | Yy | j | ||||
ک | Kk | Kk | Kk | k | |||||
ق | q | ||||||||
ل | Ll | Ll | Ll | l | |||||
م | Mm | Mm | Mm | m | |||||
ن | Nn | Nn | Nn | n | |||||
ڭ | Ꞑꞑ | Ңң3 | N̄n̄ | Nʼnʼ | Ńń | ŋ | |||
و | Oo | Oo | Oo | Oo, Wo wo2 | Oo | o | |||
Өө | Өө1 | Öö | Oʼoʼ | Oʼoʼ, Woʼ woʼ2 | Óó | œ | |||
پ | Pp | Pp | Pp | p | |||||
ر | Rr | Rr | Rr | r | |||||
س | Ss | Ss | Ss | s | |||||
ت | Tt | Tt | Tt | t | |||||
ۇ | Uu | Ŭŭ | Uu | Uu | u | ||||
Yy | Үү1 | Üü | Uʼuʼ | Úú | y | ||||
ۋ | Vv | Uu | Oʻoʻ1 | Ww | w | ||||
ف | Ff | Ff | Ff | f | |||||
خ | Xx | Xx | Xx | x | |||||
ھ | Hh | Hh | Hh | h | |||||
Ss | Ts ts | Tss | ts | Cc | ʦ | ||||
چ | Cc | Şş | Chch | Şş | Sh sh | Ch ch | ʧ | ||
ش | Şş | Shsh | Şş | Sh sh | ʃ | ||||
Şş | Щщ | Şş | Sh sh | ʃ | |||||
j | i | Ъʼ | |||||||
ى | Ii | Iı | Iʼiʼ | Íı | ə | ||||
Ee | Ee | Ee | e | ||||||
Yuyu | yu | ju | |||||||
Yaya | ya | ja | |||||||
11957-yilda joriy etilgan. |