Smorodina yoki qoraqat (Ribes) qoraqatdoshlar oilasiga mansub butasimon koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, rezavor mevadir. Vatani — Yevropa. Sning Yevrosiyo, Shimoliy va Janubiy Amerikaning sovuq va moʻʼtadil, Afrikaning muʼtadil mintaqalarida oʻsadigan 150 yovvoyi turi bor. Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada ekiladi. Oʻzbekistonda R. janczewskii A. Pojar (Yanchevskiy Si), R. meyeri Maxim (Meyer Si), togʻli hududlarda butazorlar orasida; soylarda, tog yon bagʻirlarida yovvoyi holda oʻsadi. Sning kora (R. nigrum L), qizil S. (R. rubrum), tillarang S. (R. aureum) va boshqa turlari ekiladi. Novdalari silliq, baʼzan, tikanli, bargi bandli, gullari mayda, yangi oʻsib chiqqan novda koʻltigʻida paydo boʻlgan gulining rangi oq, toʻpguli shingil. Mevasi mayda, yumaloq, shingilli, baʼzan donadona, bandidan oson uziladi. Taʼmi shirin, nordon. Mevasi yangiligida isteʼmol qilinadi, undan murabbo, jem, sharbat, vino va boshqa tayyorlanadi.

Koʻproq qora S. ekiladi. Mevasi avgust— sentabrda birinketin pishadi. Tarkibida 4,5—12,8% kand, 2—4,5% limon va olma kislotalar, 80–100 mg% xushboʻy moddalar, kalsiy, fosfor va V, vitaminlari, pektin moddalari mavjud. S. koʻk qalamchalaridan va parhish yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Koʻchati oʻtqazilgach, 2-yili hosilga kiradi. Oʻzbekistonda simbagʻazlarga koʻtarib oʻstiriladi. Hosil shoxlari 1—3 yil yashaydi. 6—7 yillik shoxlari kesib tashlanadi. 18—20° da yaxshi oʻsib rivojlanadi. Qattiq sovuqlarga chidamli. Namsevar, tuproq unumdorligiga talabchan. S. oziq moddalarga boy, sernam, suvni yaxshi oʻtkazadigan, yer osti suvlari kamida 1,5 chuqurlikda boʻlgan yerlarda yaxshi oʻsadi. S. koʻchatlari erta bahorda yoki kuzda kagor oraligi 2,5 m, tup oralari 1 — 1,5 m sxemada ekiladi. Yoz davomida qator oralari yumshatiladi, 6—12 marta sugʻoriladi. Har tupidan 6–8 kg dan hosil olinadi.

Oʻzbekistonda Bogʻdorchilik, uzumchilik, vinochilik ilmiy tadqiqot institutida qattiqetli, Oʻzbekiston navlari chiqarilgan (1959).

Kasalliklari : antraknoz, zang; zararkunandalari: barg, novda, gʻuncha gallitsalari, smorodina kurtak kanasi, bitlar, qalqondorlar.

Adabiyot tahrir

  • Abdullayev R., Yagudina S, Tomorqada yetishtiriladigan rezavor mevalar, T., 1989.