Qorasuv (soy va daryolar)
Qorasuv — togʻ etaklari, vodiylarda yer osti suvlaridan toʻyinadigan soy, daryolar. Manbai qor va muzlar boʻlgan oq suvlardan farq qilib, buloq va sizot suvlari q. deyiladi. sababi buloq suvidan hosil boʻlgan soy qoramtir, togʻlardan keladigan muzlik suvlari esa oqish rangda koʻrinadi. Q. baʼzan minerallashgan boʻladi. Q. zaxob va toʻqaydan ham oqib chiqishi mumkin. Suv sarfi fasllarga qarab oʻzgarmaydi. Zarafshon va Fargʻona vodiysida koʻproq uchraydi. Tashlama suvlar ham Q. deb yuritiladi. Turkiyada buloq suvi q. deyiladi. Joy nomlari sifatida ham uchraydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |