Rashton tizmasi
(Qorategin tizmasidan yoʻnaltirildi)
Qorategin tizmasi - Hisor tizmasiningjan. tarmogʻi. Tojikiston hududida. Jan.-gʻarbdan shim.-sharqqa 130 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi 4890 m (Dushoho choʻqqisi). Tizmada kofarnihon va Vaxsh daryolari vodiylarini bogʻlovchi bir qancha dovon (Sebedara, 2702 m, Zarkamar, 3274 va boshqalar) bor. Asosan, vulkanik togʻ jinslaridan (granit va boshqalar) tuzilgan. Yon bagʻirlarida dasht oʻsimliklari oʻsadi, butazorlar, eng baland joylarida subalp va alp oʻtloqlari bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |