Qoraxitoy gaz-neft koni
Qoraxitoy gaz-neft koni - Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi kon. Qarshi shahridan 20 km shim.-sharqda. 1961-yilda ochilgan. 1965-yilda foydalanishga topshirilgan. Kon relyefi kuchsiz tabaqalangan tekislikdan iborat. Q.g.-n.k. Muborak koʻtarilmasining jan. qismidagi eng baland maydonda, 15gorizont shipi boʻyicha asimmetrik braxiantiklinal burmada joylashgan. Burma shim.-gʻarbiy yoʻnalishda choʻzilgan, uning gumbazi koʻtarilma-uzilma koʻrinishida. Q.g.-n.k.da jami 17 ta quduq qazilgan; paleozoy erasi, yura, boʻr va neogen, toʻrtlamchi davr jinslari ochilgan. Sanoat miqyosidagi gaz-lilik quyi boʻr davrining (12-, 13gorizontlar), neftgazlilik esa, yuqori yura davrining yotqiziqlari bilan bogʻliq. Gaz uyumi toʻliq qatlamli, gumbazli, tektonik toʻsilgan tipga mansub. Uyum oʻlchami 4,3x2,05 km, balandligi 155 m. Gazga toʻyingan qatlam qalinligi 23,3 m. Neft uyumi ustida gaz qopqogʻi mavjud. Neft yuqori oltingugurtli (2,35%), smolali (15,5— 30%), parafinli (2,29-4,01%). Q.g.-n.k. zaxirasiga koʻra kichik konlar toifasiga kiradi. Hozirgi kunda kondan foydalanilmokda.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |