Qorayoqa — rjankalar oilasiga mansub qush. Yevrosiyoning Atlantika qirgʻoqlaridan Yaponiya, Tayvan va Filippin orollarigacha boʻlgan joylarda tarqalgan. Oʻrta Osiyoda ham koʻp. Qanotining uz. 10—12 sm vazni 31—46 g. Daryo va koʻllarning qum toshli qirgʻoqlarida yashaydi. Uyasi toʻshamasiz chuqurchadan iborat. Aprel oxirida 4 ta tuxum qoʻyib, 22—24 kun bosadi. Hasharotlar va ularning lichinkasi, baʼzan Oʻsimlik urugʻlari bilan oziqlanadi.