Qori Hikmat
Qori Hikmatulloh (2018-yil 5-aprelda vafot etgan) millati oʻzbek, islomiy jangari va Afgʻonistondagi Iroq va Shom Islom Davlati qoʻmondoni boʻlib xizmat qilgan. U oʻzining asosiy amaliyot bazasini Joʻzjon viloyatining Darzab va Qush Tepa tumanlarida oʻtagan, shuningdek, u IShID taʼsirini Foryob va Sarupul viloyatlarigacha kengaytirgan.
Biografiyasi
tahrirQori Hikmat Oʻzbekistonda tavallud topgan. Ayrim manbalarda uning Oʻzbekiston islomiy harakati asoschisi Tohir Yoʻldoshning oʻgʻli ekanligi haqidagi maʼlumotlar ham keltiriladi.
Qori Hikmat uzoq vaqt davomida Joʻzjon viloyatida Tolibon qoʻmondoni, shuningdek, ushbu harakatning Darzab tumanidagi soya gubernatori boʻlib faoliyat olib borgan.
2015-yilning noyabr oyida Qori Hikmat bir ayolni zinoda ayblab, uni toshboʻron qilib oʻldirtirmoqchi boʻladi, ammo vaqtida ushbu harakatning oldi olinadi. Aynan shu voqea uning Tolibon tomonidan „shafqatsiz faoliyati“ uchun haydalishiga olib keladi[1].
2016-yilning oktyabr oyida Qori Hikmat Iroq va Shom Islom Davlati safiga qoʻshiladi va kamida 200 nafar qurolli kishiga qoʻmondonlik qiladi[2]. Shundan keyin qisqa muddat ichida Qori mahalliy Tolibonni magʻlub etib, Qush Tepa tumaniga koʻchib oʻtadi[3].
2017-yilda Sar-e-Pul viloyati gubernatori Qori Hikmat ushbu viloyatda kishilarni ishga yollash vazifalarini bajarish ishlari kuchaytirayotganini aytadi.
Oʻlimi
tahrirQori Hikmat 2018-yilning 5-aprelida Foryob viloyatining Bal Chirag tumanidagi Xavaja Arab qishlogʻida Amerika Qoʻshma Shtatlari havo hujumida halok boʻladi[4][5].
Manbalar
tahrir- ↑ Tamkin, Hamid. „Jawzjan elders save woman from Taliban stoning“. Pajhwok (2015-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 3-iyul.
- ↑ Rasmussen, Sune Engel. „Six Red Cross workers in Afghanistan killed in ambush“. The Guardian. Guardian News & Media Limited (2017-yil 8-fevral). Qaraldi: 2019-yil 3-iyul.
- ↑ Ali, Obaid. „Qari Hekmat's Island: A Daesh enclave in Jawzjan?“. Afghanistan Analysts Network (2017-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 3-iyul.
- ↑ Shalizi, Hamid. „Afghan air strike kills Islamic State commander“. Reuters (2018-yil 7-aprel). Qaraldi: 2019-yil 3-iyul.
- ↑ Lamothe, Dan. „Senior ISIS leader killed in northern Afghanistan, highlighting shifting militant allegiances“. Washington Post (2018-yil 9-aprel). Qaraldi: 2019-yil 3-iyul.