Qori Turdi Tangriqulov — 1873-yili tug‘ilgan, Forish rayoni Ustixon qishloq soveti Qo‘rako‘li qishlog‘idan, o‘zbek, 1929-yili quloqqa tortilgan, o‘sha yilgi davlat majburiyatini bajarmaganligi uchun 3 yilga qamalgan, hibsga olingunga qadar kolxoz aʼzosi. Diniy sarqitlardan foydalanib doimiy ravishda aksilinqilobiy, mag‘lubiyatchilik targ‘ibotini olib borgan, sovet hokimiyati halokatga uchrashini oldindan aytib, kolxozchilarni davlat majburiyatlarini bajarmaslikka chaqirganlikda ayblanib otuvga hukm qilingan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 145 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.