Qorixona — musulmon oʻquv yurtlarining bir turi. Unda qorilar tayyorlangan. Dastlab arab mamlakaglarida, keyinchalnk Oʻrta Osiyoda paydo boʻlgan. Qorixonalar, odatda, maktabxonalar qoshida va katta mozorlar yonida ochilgan. Qorixonaga maktabxonani tugatgan 10 yoshdan katta oʻgʻil bolalar qabul qilingan. Qorixonalar xususiy boʻlib, domlalar daromadi bolalar hisobiga boʻlgan. Qorixonada bolalar 3—4 yil oʻqitilgan. Oʻqish jumadan tashqari har kuni ertalabdan kechgacha davom etgan. Diniy bayram kunlari mashgʻulotlar toʻxtatilgan. Qorixonalarda, asosan, Qurʼon suralari yodlatilgan. Qurʼondagi barcha suralarni yod ayta oladigan bola qorixonani tugatgan hisoblangan. Oʻrta Osiyoda, ayniqsa, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qoʻqonda qorixonalar koʻp boʻlgan.

Ayrim hujjatlarda qorixonani madrasa soʻzi bilan ifodalanish hollari uchraydi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Jumanazar 2017, s. 54.

Adabiyotlar

tahrir