Qorovul (guruh)
Qorovul — 1) harbiy harakatlar chogʻida qoʻshinning asosiy qismlaridan ancha masofada oldinda borib, yovning xatti-harakatidan xabardor boʻlib turuvchi, zarur paytlarda "til" tutib keltiruvchi maxsus suvoriy soqchi guruh (avanpost). Bunday aygʻoqchi harbiy boʻlinma Turk xoqonligi cherigida yelma istilohi bilan ifodalangan va uning vazifasiga dushman qarorgohini aniqtash. uning harbiy kuchlari tarkibi va miqdori haqida maʼlumot toʻplash kirtan. Qoraxoniylar lashkarida aygʻoqchi guruh tutgʻaq termini bilan atalgan. Saljuqiylar, Chingiziylar, Temuriylar, Shayboniylar va uch xonliklarda soqchi guruh tushunchasi Q. atamasi yordamida angla-shilgan: Oʻrta Osiyo xonliklarida qorovullik xizmatini bajaruvchi harbiy qismlarning boshligʻi — qorovulbegi deb atalgan. 2) Buxoro xonligida biror bir aygʻoqchi yoki talonchining mamlakat yoki lashkarga qoʻshilib kirmasligi uchun yoʻllarni muhofazalovchi askariy guruh; 3) biror obʼyektni qoʻriqlovchi shaxs; 4) zamonaviy armiyalarning aksariyatida muhim harbiy obʼyektlarni qoʻriqtash va muhofaza qilish uchun tayinlangai qurolli boʻlinma (qorovullik xizmati). Q., odatda, bir sutkalik qorovullik xizmatini oʻtash uchun masʼul hisoblanadi.
Q. qism va qoʻshilmalarning jangovar bayrogʻi, texnika, yonilgʻi, oʻq-dori. portlovchi moddalar, asbob-an-jom, oziqovqat omborlari hamda ga-uptvaxtadagi bandilarni qoʻriqtayli. Q. tarkibida Qorovul boshligʻi (zo-bit yoki serjant), post va smenalar soniga qarab Q.lar zarur topilganda — Qorovul boshligʻining yordamchisi va Q.larni postlarga taqsimlovchi tay-inlanadi. Q.ning shaxsiy tarkibi Q. formasini kiygan va jangovar holatga tayyor holda qurollangan boʻlishi shart.
Harbiy garnizonga davlat rahbari. Oliy bosh qoʻmondon, Mudofaa vaziri tashrif buyurishi munosabati bilan faxriy Q. belgilanadi. Aksariyat tantanali yigʻilippa olib chiqilgan bayroq yonida, muhim yodgorliklarning ochilishida, xorijiy lavlatlar oliy darajadagi vakillarini kutib olish va kuzatishda. davlat arboblari va harbiy xizmatchilarni dafn etish marosimlarida faxrii Q. saf tortadi.
Manba: Boburnoma T.. 1989: Nizomiddin Shoshiy. Zafarnoma. T.. 1996.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |