Qovoqli shirinlik — qovoqdan tayyorlanadigan Turkiyaning mashhur shirinliklaridan biri. Qovoqli shirinlik Turkiyaning qator viloyatlarida turli hil qovoqlardan va oʻziga hos usullar bilan tayyorlanadi. [1]

Qovoqli shirinlik
Turi Shirinlik
Milliy oshxona Turk
Asl nomi Kabak tatlısı
Asosiy komponentlari Qovoq, shakar, yong'oq...
Istanbulda qovoq shirinligi sotuvchisi.

Tayyorlanishi

tahrir
 
Shirinlik tayyorlash paytida shakarda saqlanadigan qovoq

Tashqi poʻstlogʻi tozalangan va urugʻlari olib tashlangan qovoq toʻgʻraladi. Toʻgʻralgan qovoq ustiga shakar kukuni sepiladi va shakar singunga qadar qoldiriladi. Keyin ozgina suv qoʻshib, yumshoq boʻlgunga qadar pishiriladi. Ustiga maydalangan yongʻoq, finduk, bodom yoki hindiston yongʻogʻi sepiladi. Qovoqni biroz qaynatgandan keyin qaynoq suvini ustiga quyib ham tanovul qilish mumkin. [2]

Odatda Turkiyaning gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy qismida, ayniqsa Aydin va Sakaryaʼda keng tarqalgan shirinlik.

Turlari

tahrir

Adapazari qovoq shirinligi

tahrir

Adapazari oq kashtan (yongʻoq) yordamida tayyorlanadigan qovoq shirinligi. Adapazarı qovoq shirinligi 2021- yilning 3-may sanasida Turkiya Patent va savdo belgilari idorasi tomonidan roʻyxatga olingan va geografik koʻrsatkichga ega boʻlgan shirinlik. [3]

Antaliya qovoq shirinligi

tahrir

Antaliya qovoq shirinligi 2021-yilning 13-mart sanasida Turkiya Patent va savdo belgilari idorasi tomonidan roʻyxatga olingan va geografik koʻrsatkichga ega boʻlgan shirinlik. [4]

Aydin qovoq shirinligi

tahrir

Aydin qovoqli shirinligi xalq orasida hoʻkiz qovogʻi deb nomlanuvchi Cucurbita moschata qovogʻidan tayyorlanadi. Aydin Kabak shirinligi 2021-yilning 17-avgust sanasida Turkiya patent va tovar belgilari idorasi tomonidan roʻyxatga olingan va geografik koʻrsatkichga ega boʻlgan shirinlik. [5]

Hatay qovoq shirinligi

tahrir

Hatay qovoqli shirinligi — qovoqning qishki Jujurbita turidan asal bilan tayyorlanadigan qovoqli shirinlik turi. Hatay qovoq shirinligi 2021-yilning 5-oktabr sanasida Turkiya patent va tovar belgilari idorasi tomonidan roʻyxatga olingan va geografik koʻrsatkichga ega boʻlgan shirinlik. [6]

Manbalar

tahrir
  1. „Kabak tatlısı | Traditional Dessert From Turkey | TasteAtlas“. www.tasteatlas.com. 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12 şubat 2021.
  2. „Kabak tatlısı tarifi: Kabak tatlısı nasıl yapılır?“. Yeni Şafak (31 aralık 2020). 31 aralık 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12 şubat 2021.
  3. „Arşivlenmiş kopya“. 18 ocak 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 ocak 2022.
  4. „Arşivlenmiş kopya“. 18 ocak 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 ocak 2022.
  5. „Arşivlenmiş kopya“. 18 ocak 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 ocak 2022.
  6. „Arşivlenmiş kopya“. 17 ocak 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 ocak 2022.