Qovurdoq (goʻshtni saqlash usuli)

Qovurdoq — yangi soʻyilgan qoʻy, echki, buzoq, qoramol yoki kiyik, togʻ echkisi kabi hayvonlar goʻshtini uzoq saqlashning qadimiy usuli. Goʻsht suyaklari bilan loʻnda-loʻnda (50—60 sm) qilib chopilib yaxshilab tuzlanib, ziralab dogʻlangan yogʻda qovuriladi. Yaxshi qovurilgan goʻsht xum, koʻza yoki sirlangan qopqoqli idishga joylanadi va ustiga yogʻi quyiladi (yogʻ goʻshtni koʻmib turishi shart). Q. suyuq va quyuq taomlarga ishlatilishi, salat, sabzavotlar va non bilan yaxna ovqat sifatida isteʼmol qilinishi mumkin.