Qozi Ahmad Gʻafforiy

Tarixchi olim (1515-1568)

Qozi Ahmad Gʻafforiy (to‘liq ismi: Qozi Ahmad ibn Muhammad ibn Najmiddin Abdulg‘affor al-Ja’fariy al-G‘afforiy al-Kazviniy; 1515-yil – 1568-yil) — tarixchi olim.

U 1515-yilda Tehronda tug‘ilgan. Mashhur Shofi’iy (sunna mazhabidagi musulmonlarning diniy-huquq mazhabi; asoschisi imom Abu Abdullo Muhammad ibn Idris ash-Shofe’iy (767-820) faqihlardan Abdulg‘affor al-Kazviniy (1266 y. vafot topgan)ning avlodi. Otasi Ray qozisi bo‘lib xizmat qilgan. Qozi Ahmad G‘afforiy 1567–1568-yillarda hajdan qaytishda Sind viloyatiga qarashli Daybul shaharida qazo qilgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. O‘RGANILAYOTGAN MAMLAKAT (MINTAQA) TARIXSHUNOSLIGI VA MANBASHUNOSLIGI (ERON). 

Havolalar

tahrir