Qoziboqar Sindarov
Qoziboqar Sindarov Sindarovich — Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni.
Qoziboqar Sindarov Sindarovich | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1924-yil Sirdaryo viloyati Forish tumani |
Vafoti | 1994-yil |
Siyosiy partiyasi | КPSS |
Mukofotlari |
|
Biografiyasi
tahrirQoziboqar Sindarov 1924-yilda Sirdaryo viloyatining Forish tumanida dunyoga kelgan.
Iqtisodchi olim KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi, shuningdek, Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi hamda 19-o‘ziyurar artilleriya brigadasi motorli batalonining avtomatchi hisoblangan. 1946-yildan Sindarov mamlakatdagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarda faoliyat ko‘rsata boshlagan. 1946-1984-yillarda — Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanidagi ,,Leningrad" kolxozida dastlab hisobchi, keyinchalik turli mas’ul vazifalarda ishlagan va ushbu kolxozda rais lavozimigacha ko‘tarilgan.
Qoziboqar Sindarov SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1976-yil 25-dekabrdagi Farmoni bilan Lenin ordeni, ,,O‘roq va Bolg‘a" oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan.
Iqtisodchi Qoziboqar Sindarov 1994-yilda vafot etgan.
Farzandlari: Sindarov Saidazim Qoziboqarovich, Sindarov Beknazar, Sindarov Akromjon, Sindarov Azimjon, Sindarov Qahramon va boshqalar.
Havolalar
tahrir- Sindarov, Qoʻzibakar // Paxtachilik entsiklopediyasi 2 jildda. — O‘zbek Sovet Ensiklopediyasining bosh nashri, 1985 yil — 2-tom. — C. 241.
- Buyurtmalar