Bosh menuni ochish

Qozixona — qozi tomonidan sudlov ishlarini amalga oshiradigan mahkama. Shariatga koʻra, Q.lar masjid qoshida boʻlishi kerak boʻlsa-da, koʻpgina sudlov ishlari qozilarning uylarida, bozor kunlari esa bozorlarda koʻrilgan. Oʻrta Osiyo hududidagi xonliklarning har bir dahasida Q. boʻlgan. 1917 yildan keyin Q.lar xalq sudlari nazoratida ishlagan. Oʻzbekistonda 1925 yilda 87 ta, 1926 yilda 27 ta, 1927 yilda 8 ta q. boʻlgan. 1928 yilda Q.ga ehtiyoj qolmagan. Sharqning ayrim musulmon mamlakatlarida hozir ham Q.lar faoliyat koʻrsatadi.