Qozonliq — Bolgariyaning markaziy qismidagi shahar, Stara-Planina togʻlarining jan. etagida, Qozon-liq soyligida joylashgan. Aholisi 54 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). mashinasozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat, yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Musiqa asboblari ishlab chiqariladi. Frakiylarning antik yozuvli gumbazsimon sagʻanasi (miloddan avvalgi 4-3-asrlar) saqlangan. Shahar atrofida dunyoga mashhur qozonliq atirguli, la-vanda plantatsiyalari barpo qilingan. Q.da efir moyli oʻsimliklarning tajriba st-yasi bor.