Niyozmetov Qozoq — 1883-yili tug‘ilgan, Shovat rayoni Cho‘kli qishlog‘idan, o‘zbek, quloqqa tortilgan. 1931-yilgacha savdo bilan shug‘ullangan, qatag‘ondan qochib Turkmanistonga ketgan, 1936-yil sentyabrida qaytib kelgan, hibsga olingunga qadar kolxoz a’zosi, Isyonchi guruh ishtirokchisi sifatida uning nolegal yig‘inlarida ishtirok etib, sovet hokimiyati bilan kurash olib borish metodlari va isyonchi xodimlar masalalari muhokamasida qatnashganlikda ayblangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 70-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.