Qrim togʻlari
Qrim togʻlari - Qrim yarim orolning janubdagi togʻlar. Uz. 150 km, eni 50 km gacha. 3 qator tizmadan iborat. janubiy yoki Bosh tizma (eng baland joyi 1545 m, Babugan Yayladagi Roman-Kosh togʻi) va 2 qator kuesta tipidagi tizmalar (shim. yon bagʻirlari qiya, jan. yon bagʻirlari tik). Bosh tizma qator supasimon togʻlardan iborat boʻlib (ularning yassi yuqori yuzasi "yayla" deb ataladi), karst relyef shakllari xos. Togʻ yon bagʻirlari dub, qoraqayin va qaragʻay oʻrmonlari, yaylalar kserofit — togʻ oʻsimliklari bilan qoplangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |