Quchoqlash kuni
Quchoqlash kuni — 21-yanvar, 4-dekabr va boshqa kunlarda nishonlanadigan bayram. Shu kuni, bayram anʼanalariga koʻra, hatto begona odamlarni ham doʻstona quchoqlash mumkin[1]. Bayram sanalarida quchoqlashish boʻyicha turli flesh-moblar ham oʻtkaziladi[2][3][4]
Yanvar oyidagi Quchoqlash kuni AQShda 1986- yilda Milliy quchoqlash kuni nomi bilan joriy qilingan (inglizcha: National Hugging Day) va keyin butun dunyoga tarqalgan[5][6].
Xalqaro miqyosda nishonlanadigan dekabr oyidagi Quchoqlash kuni[7]. (inglizcha: International Hug Day) XX asrning 70-yillarida Gʻarbiy Evropadagi talaba yoshlar orasida paydo boʻlgan. Biroq, bayramning paydo boʻlishiga doir sabablar aniq maʼlum emas[8].
Yaponiyada 9-avgust kuni norasmiy ravishda ハグの日, yaʼni quchoqlsh kuni nishonlanadi. sakkizinchi oyning toʻqqizinchi kuni bayram sanasi soʻz oʻyini natijasida tanlangan: anglicismハグ(hagu) dagi ikki boʻgʻin raqamlarni ham anglatishi mumkin. „Ha“ boʻgʻini yaponchada „sakkiz“, „ku“ esa „toʻqqiz“ degan maʼnoni anglatadi.
Oʻziga xos „inonch“ga koʻra, doʻstona quchoqlashish paytida odamlar ruhiy iliqlikni almashadilar. Quchoqlashning foydali ekaniga doir „ilmiy“ asoslar ham mavjud: doʻstona teginish immunitetni oshiradi, markaziy asab tizimi faoliyatini yaxshilaydi, qon tarkibida gemoglobin miqdorini, shuningdek, boshqa insonlarga nisbatan ijobiy munosabatni keltirib chiqaradigan oksitotsin gormonini oshiradi[3][9][10].
Manbalar
tahrir- ↑ „National Hugging Day Official Site“ (en). Qaraldi: 2020-yil 11-dekabr.
- ↑ 8月9日はハグの日。人間と動物がハグする画像集に癒される // Huffington Post Japan. — 2018. — 9 August. (Дата обращения: 28 августа 2018)
- ↑ 3,0 3,1 Александр Федоров. „Обнимайтесь на здоровье: 21 января в мире отметили международный день объятий“ (ru). Московский комсомолец (2014-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
- ↑ Дмитрий Раичев. „В Смоленске прошел День объятий“ (ru). Российская газета (2013-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
- ↑ Елена Пахомова. „Лондонцы пытаются установить рекорд по продолжительности объятий“ (ru). РИА Новости (2012-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
- ↑ „Более ста екатеринбуржцев обнимутся в рамках флешмоба“ (ru). Интерфакс (2012-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
- ↑ „21 января — Международный день объятий“ (ru). Вести.ru (2014-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
- ↑ „21 января обнимаемся весь день!“ (ru). Интерфакс-Запад (2014-yil 21-yanvar). 2015-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
- ↑ Romero, Frances. „National Hug Day: Yes it matters“ (en). Time (2011-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2011-yil 18-aprel.
- ↑ Алла Амеличкина. „Международный день объятий: чем для здоровья полезен тактильный контакт“ (ru). Аргументы и факты (2014-yil 21-yanvar). 2015-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-yanvar.
Yana qarang
tahrir
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |