Qudratilla Rafiqov 1947-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Siyosatshunos. „Fidokorona xizmatlari uchun“, „El-yurt hurmati“ ordenlari sohibi. Hozirda Özbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi.

Hayoti tahrir

Qudratilla Rafiqov 1947-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Qariyb 20 yil Jizzax viloyatida turli lavozimlarda mehnat qilgan, bu davrda yuzlab shogirdlarni voyaga yetkazgan, qoloqlikka yuz tutgan vohaning oyoqqa turishida viloyat ahliga yelkadosh bölgan. „Jizzax akkumulyator zavodi“ aksiyadorlik jamiyatini katta sanoat obyektiga aylantirgan.

Faoliyati tahrir

Siyosatshunos. Köp yillar mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qilayotgan millat fidoyilaridan biri. Toshkent shahar ijroiya qömitasi paisining örinbosari, Uchtepa hamda Olmazor tumanlari hokimi bölib ishlagan. Hozirda Özbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi.

Mukofotlari tahrir

Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Qudratilla Rafiqovga 2017-yilda „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni, 2021-yilda „El-yurt hurmati“ ordeni bilan taqdirlangan.

Kitoblari tahrir

Qudratilla Rafiqovning 2019-yilda „Ilk va söngi sözimiz:Vatan“, 2020-yilda „Vatan va Millat qayğusi“, 2021-yilda esa „Mening Prezidentim“ nomli publitsistik kitoblari nashr etilgan.