Quloq ogʻirligi — eshitish qobiliyatining pasayishi. Bolalarda koʻpincha oʻtkir yoki surunkali otit, burun va burun-yutqin kasalliklari (koʻpincha adenoid) oqibatida yuzaga keladi. Eshituv nervi va ichki quloqdagi patologik jarayonlar koʻpincha quloq ogʻirligiga sabab boʻladi. Baʼzan tugʻma va bolalikdagi quloq ogʻirligi sababli bola nutqi buzilishi mumkin. Kattalarda otoskleroz, ichki quloqda qon aylanishining buzilishi, eshituv nervining yoshga qarab oʻzgarishi (keksalik quloq ogʻirligi), shuningdek, uzoq vaqt kuchli shovqin taʼsiri va surunkali intoksikatsiya (alkogol, nikotin, simob, qoʻrgʻoshin va boshqa taʼsiri) ham quloq ogʻirligiga olib keladi. Quloq ogʻirligi yengil, oʻrtacha vaogʻir kechadi.

Davosi

tahrir

Quloq ogʻirligiga sababchi omillar yoʻqotiladi, turli dori-darmonlar yoki operatsiya yoʻli bilan davolanadi. Koʻproq eshituv apparatlari qoʻllanadi.





Manbalar

tahrir