Qunduz masjididagi portlash (2021)
2021-yil 8-oktabr kuni Afgʻonistonning Qunduz shahridagi Shia Gozari Sayid Obod masjidida IShID-K tomonidan suitsid portlashi sodir etilgan[3][4]. 50 dan ortiq odam halok boʻlgan va yana 100 kishi yaralangan, ammo BMTning Afgʻonistondagi yordam missiyasi hisob-kitoblariga koʻra, 100 dan ortiq odam halok boʻlgan va yaralangan boʻlishi mumkin[5].
Qunduz masjididagi portlash | |
---|---|
Koordinatlar | 36°43′41″N 68°52′35″E / 36.72806°N 68.87639°E |
Sana | 8-oktyabr, 2021-yil ({{{vaqt_mintaqasi}}}) |
Hujum turi |
Suidsid portlash |
Jarohat olganlar |
143[1] |
Qurbonlar | 50+[1] |
Jinoyatchilar | „Islomiy davlat“ – Xuroson viloyati[2] |
Voqealar
tahrir2015-yildan buyon „Islomiy davlat“ ning boʻlinmasi „Islomiy davlat“ – Xuroson viloyati Afgʻonistonda hujumlar uyushtirmoqda. Tolibon Afgʻonistonni 2021-yil avgustida oʻz nazorati ostiga oldi; Oʻshandan beri IS-KP hujumlari orasida, jumladan, Kobul xalqaro aeroportida sodir etilgan portlashda 169 nafar afgʻon va 13 nafar amerikalik askar halok boʻlgan[6].
Portlash
tahrirPortlash Gozari Sayid Obod masjidida oʻqilayotgan haftalik juma peshin namozi vaqtida sodir boʻlgan[7]. Guvohlarning aytishicha, ular portlash vaqtida namoz oʻqyotgan boʻlgan va voqea joyidan evakuatsiya qilinayotganda polda koʻplab jasadlar va qon oqayotganini payqashgan[8]. Halok boʻlganlar va jarohatlanganlarning jasadlari yaqin atrofdagi kasalxonaga olib ketilgan, u yerda yaradorlarning oila aʼzolari jutib olgan. Hujumdan keyin masjid binosidan tutun chiqib, bu tutun shahar yuqorisidan ham koʻringan[1]. Ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan voqea joyidan olingan surat va videolarda masjid pol hamda devorlariga qon sachraganini koʻrish mumkin. Qurbonlarning jasadlarining suratlari ommaviy axborot vositalarida ham chop etilgan[9].
Qurbonlar
tahrirBirlashgan Millatlar Tashkilotining Afgʻonistonga yordam koʻrsatish missiyasining dastlabki bahosiga koʻra, 100 dan ortiq odam halok boʻlgan boʻlishi mumkin. Mahalliy Qunduz viloyat kasalxonasi 35 kishi halok boʻlgani va 50 dan ortiq kishi jarohat olganini maʼlum qilgan. Chegara bilmas shifokorlar tashkilotidan 20 kishi halok boʻlganligi xabar qilingan[10]. Tolibon rasmiysining soʻzlariga koʻra, qurbonlar soni 100 nafarga yetgan, va ularning aksariyati halok boʻlgan[11]. Ommaviy axborot vositalariga berilgan rasmiy maʼlumotlarga koʻra halok boʻlganlar soni 50 kishini tashkil etgan, 143 kishi esa jarohat olgan[12][1]. Mahalliy sogʻliqni saqlash rasmiylari qurbonlar soni 80 nafarga yetishi mumkinligidan xavotir olishgan[2].
Jinoyatchi
tahrir"Islomiy davlat" – Xuroson viloyati (IShID-K) portlash uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga olgan va Telegram kanali orqali xudkush-terrorchi gavjum masjidda juma namozi vaqtida portlovchi jiletni portlatganini tasdiqlagan. ISIS-K maʼlumotlariga koʻra, portlovchi uygʻur millatiga mansub boʻlib, uygʻurlarni quvib chiqarish orqali Xitoyni tinchlantirishga uringani uchun ham shialarni, ham Tolibonni nishonga olgan boʻlgan[2]. Gʻarbiy Xitoy va Sharqiy Afgʻonistondagi jangari uygʻur musulmonlarining aksariyati Sharqiy Turkiston Islomiy Harakatiga mansub hisoblanladi[13].
Fikrlar
tahrirBirlashgan Millatlar Tashkiloti hujumni qoralab, buni ibodat joylariga uyushtirilgan qator hujumlarning bir qismi ekanligini aytib oʻtdi. Deyarli bir hafta oldin Id Gah masjidiga qilingan hujumda besh kishi halok boʻlgan edi[14].
Qunduzdagi Tolibon xavfsizlik xizmati rahbari shia musulmonlarining xavfsizligini taʼminlashga vaʼda bergani va bunday hujum „qayta takrorlanmasligi“ haqida bayonot bergan[15]. Qunduz viloyati politsiyasi boshligʻi oʻrinbosarining fikriga koʻra, portlash boʻyicha surishtiruv islari olib borilgan[6].
Amerika Qoʻshma Shtatlari Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Price maʼlumot berishicha, Biden maʼmuriyati hujumni qoralab, „Afgʻon xalqi terrordan xoli kelajakka loyiq“ ekanini aytgan[16].
2021-yil 15-oktabr kuni Qandahordagi shia masjidida IS-KP xudkush hujumi oqibatida 65 kishi halok boʻlgan edi.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „At least 55 killed in Afghanistan mosque attack“. The Express Tribune (2021-yil 8-oktyabr). 2021-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „IS-K claims responsibility for Afghan suicide bombing that killed at least 46 at Gozar-e-Sayed Abad Mosque“. Australian Broadcasting Corporation (2021-yil 8-oktyabr). 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Suicide bomber kills scores in Afghan mosque attack“. Reuters (2021-yil 8-oktyabr). 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-oktyabr. „A suicide bomber attacked a mosque in Afghanistan's northeastern Kunduz province on Friday, killing scores of worshippers .... Islamic State claimed responsibility for an attack that state-run Bakhtar news agency said had killed 46 people and wounded 143.“.
- ↑ „At least 55 killed in Afghanistan's Kunduz mosque blast: Taliban official“. WION (2021-yil 8-oktyabr). 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Afghanistan: Dozens killed as blast hits Kunduz mosque“. Al Jazeera (2021-yil 8-oktyabr). 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr. „The United Nations mission to Afghanistan said in a tweet the blast killed and wounded more than 100 people.“.
- ↑ 6,0 6,1 „Afghanistan explosion leaves at least 100 dead and wounded, Taliban official says“. CBS News (2021-yil 8-oktyabr). 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-oktyabr.
- ↑ Kullab. „Taliban official: At least 100 dead, wounded in Afghan blast“ (en). AP NEWS (2021-yil 8-oktyabr). 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.
- ↑ Aitken. „Afghanistan mosque explosion kills, wounds scores of worshippers“ (en-US). Fox News (2021-yil 8-oktyabr). 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Suicide attack in Afghanistan mosque? What do we know about the blast so far“. Hindustan Times. 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Shia mosque bombing kills dozens in Afghan city of Kunduz“. The Guardian (2021-yil 8-oktyabr). 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.
- ↑ Kullab, Samya; Akhgar, Tameem. „At least 100 dead or wounded in blast at Afghan mosque, police say“. The Los Angeles Times (2021-yil 8-oktyabr). 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Afghanistan updates: ISIS-K claims responsibility for suicide bombing at mosque“. ABC News (2021-yil 8-oktyabr). 2021-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Taliban say they won't work with US to contain Islamic State“. Fox News (2021-yil 9-oktyabr).
- ↑ „Afghanistan: Several people killed by bomb attack near a Kabul mosque“ (en-GB). BBC News (2021-yil 3-oktyabr). 2021-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Taliban official pledges to 'provide security' after Shiite mosque bombing“. Yahoo! News. Agence France Presse (2021-yil 9-oktyabr). 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-oktyabr.
- ↑ Kullab, Samya; Akhgar, Tameem. „IS bomber kills 46 inside Afghan mosque, challenges Taliban“. Kabul, Afghanistan: ABC News. Associated Press (2021-yil 8-oktyabr). 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.