Qunduzsimon yerqazar — hasharotxoʻr sut emizuvchilar turkumiga mansub hayvon. Gʻarbiy Afrikada tarqalgan. Gavdasining uzunligi 0,3 m (dumidan tashqari). Moʻynasi jigarrang, qorin tomoni oq. Ogʻzida 40 ta tishi bor. Burun teshigi klapan bilan yopiladi. Suvda hayot kechiradi, lekin panjalarida suzgich parda yoʻq. Asosan, baliqlar bilan oziqlanadi.