Egamqulov Quramat Hoji (balki Qulmamat yoki Qulahmad bo‘lishi mumkin — R.Sh .), Baliqchi rayon Qo‘shtepa Saroy qishlog‘idan, o‘zbek, “Pyatiletka” kolxozi a’zosi. Aksilinqilobiy, isyonchi guruhda ishtirok etib ruhoniylarning yashirin yig‘ilishlarini o‘tkazish uchun o‘z uyini bergan, sovetlarga qarshi, musulmon davlat tuzish uchun kurashganlikda ayblangan. Bu mahbuslardan 5 kishi Najmiddinov, Begmatov, Zaynutdinov, Yo‘ldoshev, Qambarovlar otuvga, Yo‘ldoshev Mulla Nizom bilan Egamqulov Quramat Hoji 10 yil qamoq jazosiga hukm qilinganlar.[1]

Manbalar tahrir

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 39 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.