Boboyev Qurbonali Latipovich (1910.26.12, Oqmoʻla shahri2000.5,8, Toshkent) — geolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1974). geologiya-mineralogiya fanlari doktori (1962), professor (1963). Oʻrta Osiyo industrial intni tugatgach (1936), geologiya ixtisosidagi turli muassasalarda foydali qazilmalarni qidirish ishlariga rahbarlik qilgan. Urush qatnashchisi (1942—43). 1944-yildan "Oʻzbekoltinkamyobmet" trestida bosh geolog, direktor oʻrinbosari. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Geologiya instituti direktori oʻrinbosari va direktori (1947—56) Oʻrta Osiyo Geologiya va mineral xom ashyo ilmiy tadqiqot instituti direktori (1956—66). 1967-yildan Mineral resurslar ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim. Geologik jarayonlar harakteristikasi prinsiplarini ishlab chiqib, Oʻrta Osiyoni geologikstrukturaviy rayonlashtirish sxemasini va shu asosda metallogenik va prognoz qilish sxematik haritalarini tuzgan. 1983-yildan Ruda konlari genezisi boʻyicha Xalqaro assotsiatsiya (AQSH) haqiqiy aʼzosi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil