Qurbonboy jirov Tojiboy oʻgʻli (1876 — Toʻrtkoʻl tumani Shoʻroxon qishlogʻi — 1958) — Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq dostonchisi (1956). Jiyenmurod jirovnij shogirdi. Yoshligidan xalq qoʻshiqlari va dostonlardan parchalarni yodlab yurgan. Dostonlarni oʻzbek va qoraqalpoq tillarida kuylagan. Repertuarida 20 dan ziyod doston bor; shundan 17 tasi yozib olingan ("Alpomish", "Qirq qiz", "Shirin bilan Shakar" va boshqalar). Ulardan baʼzilari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti folklor boʻlimi arxivida saqlanadi.

Adabiyot

tahrir
  • Maqsetov Q., Qoraqalpoqjirov, baxshilari, Nukus, 1983.