Qurolli kuchlar ansambli, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari markaziy ashula va raqs ansambli — respublikada harbiy xizmatchilardan tuzilgan yetakchi ansambl. 1939-yil Toshkentda Turkiston harbiy okruti ashula va raqs ansambli nomi bilan tashkil topgan. 1992-yildan hozirgi nomda. Ikkinchi jahon urushi davrida ansambl harbiy qismlarda, gospitallarda, Zakavkazye frontida, Eronda konsertlar bergan (1941—43). Hozirgi repertuaridan xalq kuy va qoʻshiqlari, Oʻzbekiston bastakor va kompozitorlari (P.Maka-rov, A.Nazarov, Hab. Rahimov, R. Abdullayev, shahriDadajonov va boshqalar)ning harbiyvatanparvarlik, qahramonlik mavzuidagi ("Ona yurt", A.Nazarov; "Jon Vatan", shahriDadajonov; "Har bahor, har kuzda", K.Rahmatov va boshqalar), lirik ("Rayhon", "Kuygan koʻngil", "Xayr yorim"), raqs qoʻshiqlari (xo-razmcha "Nega gerag" va boshqalar), vokal-raqs kompozitsiyalari (oʻzbek mumtoz ashu-lalaridan iborat "Guldasta", turli xalqlar qoʻshiqlaridan iborat "Terma" va boshqalar) oʻrin olgan. Xonanda, sozanda va raqqos(a)lar guruhlari (jami 70 kishi)dan iborat. Hozirda boshligʻi va badiiy rahbari — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, bastakor shahriDa-dajonov, bosh baletmeysteri — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Qoraqalpogʻiston xalq artisti Z.Madrahimova, xormeyster — O. Komiljonov, musiqa rahbari — F.Azimov, rejissyor — Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan artist A.Goloshchapov. Ansamblda xonandalar: Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist M. Hakimov, Qoraqalpo-gʻistonda xizmat koʻrsatgan artist K.Rahmatov, O.Nazarbekov, I.Iskan-darova, I. Saidumarov, Z.Bobojo-nov, raqqosalar: Sh. Najmiddinova, Z.Shamshixonova va boshqa faoliyat koʻrsatmoqda. Jamoa Pokiston, Afgʻoniston, AQSH, Germaniya, Italiyada gastrolda boʻlgan.