Qurolsizlanish
Qurolsizlanish - urush olib borish vositalarini butunlay yoʻqo-tish yoki ularni qisman kamaytirish hamda urush xavfini bartaraf etish uchun shartsharoitlar yaratish maqsa-dida amalga oshiriladigan chora-tad-birlar tizimi. Q. xalqaro huquqning tamoyillaridan biri boʻlib, uning yuridik mohiyatini 3 meʼyoriy belgi: umumiy xarakterdagi majburiyatlar (qarang borasida amaliy choralarni ishlab chiqish); dasturiy xarakterdagi nor-malar (qurollar va qurolli kuchlarni toʻliq yoʻq qilish yoʻli bilan Q.ga eri-shish); kafolat xarakteriga ega boʻlgan majburiyatlar (amaldagi shartnomalar qoidalarini toʻliq bajarish) tashkil etadi.
Q. xalqaro doirada BMTning 2 asosiy organi — Bosh Assambleya va Xavfsizlik Kengashiga topshirilgan. BMT huzurida barcha tashkilot aʼzolaridan iborat Q. komissiyasi tashkil etilgan. Q.ning 2 turi: yalpi va qisman Q.ni ajratib koʻrsatish mumkin. Yalpi Q. deganda: 1dan, qurolli kuchlarni yoʻq qilish, harbiy tashkilotlarni bartaraf etish, qurol ishlab chiqarishni toʻxtatish, shuningdek, ularni yoʻq qilish hamda tinchlik davrida qurollardan foydalanishni man etish; 2dan, yadroviy, kimyoviy, bakteriologik va boshqa ommaviy qirgʻin qurollarining barcha zaxiralarini yoʻq qilish hamda shu turkumdagi qurollarni ishlab chiqarishni toʻxtatish; 3dan, ommaviy qirgʻin qurollarini eltib berish vositalarining barcha turlarini yoʻq qilish; 4dan, mamla-kat harbiy faoliyatini uyushtiruvchi muassasalar hamda tashkilotlarni bar-taraf etish, harbiy taʼlim berishni toʻxtatish, harbiy oʻquv yurtlarini yopish; 5dan, mablagʻlarni harbiy maqsadlarda ishlatishni toʻxtatish tushuniladi. Davlatlar faqat yadroviy boʻlmagan qurolli kuchlar, vositalar va tashkilotlarni saqlab qolishi mumkin. Ular kelishuvga binoan ichki tartib-qoida va fuqarolarning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash uchun zarurdir. Qisman Q. yadroviy qurolsizlanish, yadroviy qurollardan foydalanishni, yadroviy qurollar sinovlarini man etish, yadroviy qurollarni tarqatmaslikni oʻz ichiga oladi (qarang Yadro quroli sinovlarini taqiqlash toʻgʻrisidagi shartnoma, Yadro qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnoma). Shuningdek, yadro qurollaridan xoli zonalar (qarang Yadro-siz zona) tashkil qilish, strategik qurol-yarogʻlarni cheklash va kamaytirish, kimyoviy va bakteriologik qurollarni man etish va nihoyat, oddiy qurollarni va qurolli kuchlarni qisqartirish ham qisman q. yoʻlida amalga oshiriladigan choralar hisoblanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |