Qurum (tosh uyumlari)
Qurum — togʻlarning yon bagʻirlari, yassi tepaliklar va daryolar oʻzanlaridagi yalang nuragan tosh uyumlari va sochilmalari. Qattiq togʻ jinslarining fizik nurashi natijasida hosil boʻladi. Q. ogʻirlik kuchi va suvning toshlar orasida muzlab, yana erishi oqibatida togʻ yon bagʻirlari boʻylab pastga siljib turadi. Ular togʻlarda yurish uchun noqulay, xavfli joy hisoblanadi. Q.lar surilib, tosh oqimlari, koʻchkilarni hosil qiladi. Q.lar yuzasining qiyaligi 30—40° chamasida boʻladi. "Q." atamasi joy nomlari tarkibida ham uchraydi, mas, Markaziy Osiyodagi Qoraqurum togʻlari, Tyanshandagi Chaqirqurum dovoni, Qirgʻizistondagi Qurumdi choʻqqisi va hokazo
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |