Quruqlik biomassasi – qutblardan ekvatorgacha biomassa miqdori va turlar xilma-xilligi, hayot zichligi ortib boradi. Ekvator biotsenozlarida yashash joyi, oziq-ovqat, yorugʻlik, kislorod uchun kuchli raqobat kuzatiladi. Inson taʼsirida biomassa hosil boʻladigan maydonlar keskin oʻzgaradi. Quruqlik yuzasining asosiy qismini tuproq biogeotsenozlari egallaydi. Tuproq biogen va abiogen usulda hosil boʻladi, u anorganik va organik moddalardan tashkil topadi. Biosferadan tashqari tuproqning hosil boʻlishi mumkin emas. Togʻ jinslariga mikroorganizmlar oʻsimlik va hayvonlarning taʼsirida Yerning tuproq qatlami asta-sekin shakllanadi. Organizmlar tarkibida Quruq moddalar Qitʼalarda Okeanlarda umumiy yigʻin – disi yashil oʻsimliklar hayvonlar va mikroorganizmlar yigʻin – disi yashil oʻsimliklar hayvonlar va mikroorganizmlar yigʻin – disi Tonna Foiz 2,4x 1012 99,2 0,02x 1012 0,8 2,42x 1012 100 0,0002x 1012 6,3 0,003x 1012 93,7 0,0032x 1012 100 2,4232x 1012 28-jadval Yerdagi organizmlar biomassasi 265 toʻplangan biogen elementlar ular oʻlganidan keyin yana tuproq tarkibiga oʻtadi. Tuproqda kechadigan jarayonlar moddalarning biosferadagi davriy aylanishining tarkibiy qismidir. Odamning xoʻjalik faoli – yati tuproq tarkibining oʻzgarishiga, undagi mikroorganizmlar nobud boʻlishiga olib kelishi mumkin.