Qushbegi
Qushbegi, qushchi — tarixiy ata-ma. Oʻrta asrlarda podsho va xonning ovchi qushlari (qushxonasi) va ov hayvonlarining mutasaddisi; ov begi (amiri shikor). U hukmdorning ovini tashkil qilish va oʻtkazishga javobgar boʻlgan. Qushchilar qarchigʻaychi degan nom bilan ham atalgan. Xiva xonligida Q. mehtarsln keyin turgan. U xonlikning shim. qismiga mutasaddi boʻlgan; Qoʻqon xonligitsa Q. harbiy qoʻshinning boshligi boʻlib, bu mansab harbiy yurish va jang paytlarida berilgan. Q. mingboshi unvonini olishga daʼvogar boʻlgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |