Qutayba ibn Muslim jome masjidi

40°49′51″N 72°22′27″E / 40.83083°N 72.37417°E / 40.83083; 72.37417

Masjid
Qutayba ibn Muslim jome masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Andijon viloyati
Shahar Jalaquduq tumani
Manzil Jalaquduq tumani Qilichmozor MFY.
Yoʻnalishi suniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Masjid turi Jome masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi, sharqona
Binokorlik sanasi 1956 yil
Asosiy sana:
1998-yil
Soʻngi imom Xotambekov Abdulbosit
Maqomi Ishlaydi
Hajmi 1500 kishi
Minoralar soni 0
Minoralar soni 0
Qurilish materiali Gʻisht, beton, temir, marmar, yogʻoch, travertin
Holati Faoliyat yuritmoqda
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona


Qutayba ibn Muslim jome masjidi – Andijon viloyati, Jalaquduq tumani Qilichmozor mahallasida joylashgan masjid[1]. 1998-yil 8-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan[2]. 7-asrdan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Qurilishi

tahrir

Masjid binosi 1956-yilda mahalliy aholi tomonidan hashar yoʻli bilan qurilgan[3]. Binoda bir vaqtning oʻzida 1000 nafarga yaqin namozxon ibodat qilishi mumkin. Masjid tarkibidagi kutubxonada umumiy 200dan ortiq ilmiy va diniy kitoblar, qoʻllanmalar mavjud. 2018-yildan buyon masjidga yangi bino qurilishi amalga oshirilmoqda. Madaniy meros obyekti sifatida roʻyxatga kiritilib, davlat muhofazasiga olingan.

Masjidga uzoq yillarda buyon Xotambekov Abdulbosit imomlik qilib kelmoqda.

Manbalar

tahrir