Qutb (matematikada) — 1) koordinatalar tizimida Q. koordinatalar boshi; 2) sharning qutbi uning katta doirasiga perpendikulyar boʻlgan diametrning uchlari; 3) biror r toʻgʻri chiziqning ikkinchi tartibli k chiziqqa nisbatan qutbi shunday R nuq-taki, bu nuqta uchun r toʻgʻri chiziq R nuqtaning k chiziqqa nisbatan polyarasi vazifasini oʻtaydi; 4) funksiya qutbi funksiyaning ajralgan maxsus nuqtasidir. Q.da Dg) funkiiya aniqlangan emas, lekin ushbu shart bajariladi. Funksiyalarning qutbi haqidagi taʼlimot kompleks oʻzgaruvchining analitik funksiyalari uchun rivojlangan.