Qutbiy doira
Qutbiy doira, qutb doirasi — Yer sharida ekvatordan 66°33’ shim. va jan.dan oʻtgan parallel. Shimoliy yarim shardan oʻtgan Qutbiy doira Shimoliy Qutbiy doira, Janubiy yarim shardagi Qutbiy doira esa Janubiy Qutbiy doira deyiladi. Shimoliy yarim sharda qishki Quyosh turishi kuni (21 yoki 22 dekabr)da Qutbiy doiradan shimolda Quyosh chiqmaydi, yozgi Quyosh turishi kuni (21 yoki 22 iyun) Quyosh botmaydi. Janubiy yarim sharda esa aksincha boʻladi. Quyosh botmaydigan yoki chiqmaydigan qunlar soni qutbga tomon orta boradi va qutbda qun bilan tun yarim yildan davom etadi (qarang Qutb kuni va Qutb tuni). Nur refraksiyasi hodisasi natijasida qutb kuni qutb tuni hisobiga koʻproq davom etadi va Quyosh botmaydigan kunlar soni koʻproq boʻladi. Qutbiy doira sovuq iqlim mintaqalari chegarasi hisoblanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |