Qutb minor - Hindiston (Dehli)dagi meʼmoriy yodgorlik (1200— 1220); Sharq meʼmorligining noyob namunasi. Dehlida vafot etgan oʻshlik din arbobi Hoji Qutbiddin Baxtiyor sharafiga bunyod etilgan (maqbara minoradan 600 m jan.-gʻarbda). Minora 5 qatlamli (dastlab 4 qatlamli boʻlgan, 5qatlami keyin qurilgan), tarhi konussimon, gʻarovli; gʻranit bloklar ganchhok bilan mustahkamlab qurilgan; balandligi 72,6 m, diametri asosida 14,74 m, uchida 3,05 m. Quyi 3 qatlam turli rangdagi qumtosh bilan, yuqori 2 qatlami (yashin urib vayron boʻlgan) 14-asrda oq marmardan deyarli bezaksiz qayta tiklangan. Ichkaridagi aylanma zinapoya (379 ta) orqali yuqoriga chiqiladi. minora belbogʻiga muqarnas naqshlar ishlangan, sultonlar tarixi, ularga mad-hiya, Qurʼon oyatlari yozib bezatilgan.