Qutlugʻ qon
Qutlugʻ qon — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, akademik Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek qalamiga mansub tarixiy-badiiy roman. Asar 1938-yilda yozib tugatilgan, 1940-yilda oʻzbek tilida, 1943-yilda rus tilida, 1949-yilda uygʻur va chex, 1950-yilda slovak,1959-yilda esa qirgʻiz va ozarbayjon tillarida kitob holida nashr etilgan.
2019-yilgi nashr jildi | |
Muallif(lar) | Oybek |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashr etilgan sanasi | 1940-yil |
Sahifalar soni | 484-bet |
ISBN | ISBN 0-00-000000-0 |
Roman 2019-yilda Yangiyoʻl Poligraph Servise nashriyoti tomonidan 368 betli qattiq muqovada nashr etildi.[1] Va yana 2019-yilda roman Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan 484 betli qattiq muqovada 3000 nusxada lotin alifbosida chop etildi. Romanda 1916-yil qoʻzgʻoloni arafasidagi oʻzbek xalqi hayotining fojiali manzaralari aks ettirilgan.
Sujet
tahrirQutlugʻ qon romanida oʻzbek xalqining yaqin oʻtmishdagi rus bosqinchilari va mahalliy amaldorlar tomonidan ezilganligi, xalqning oʻz ahvolini anglab ularga qarshi bosh koʻtargani badiiy tasvirlangan. Oʻzbek xalqining milliy ozodlik uchun olib borgan kurashlarida 1916-yilgi qoʻzgʻolon muhim oʻrin egallaydi.
„Garchi men roman voqealari yuz bergan vaqtda hali kichik bola boʻlsam ham xalq turmushini koʻrdim. Kambagʻallarning qorongʻu va dim uy-joylarini, boylarning atrifi baland-baland devorlar bilan oʻralgan hashamatli imoratlarini, muzdek hovuzi boʻlgan bogʻlarini koʻrdim. Men keyinchalik romanimda tasvir etilgan turmush va ijtimoiy munosabatlarning koʻpgina tomonlarini oʻsha vaqtdayoq chanqoqlik bilan kuzatgan va tushungan edim“ - deya yozgan edi Oybek.
„Qutlugʻ qon“ ayanchli oʻtmishdan hikoya qiluvchi asar. Asar qahramonlari boylar va kambagʻallar, salbiy va ijobiy obrazlarga boʻlingan.
Romanda oʻzbeklar tarixining chirkin va qora kunlari, oq podsho istilosi davri, birinchi jahon urushida yengilayotgan podsho hukumatiga mardikor yollash va buni Turkiston xalqlari orasidan yigʻishi. Bunga qarama-qarshi yoʻlda harakat qilgan, haqiqat va sevgisi uchun kurashgan Yoʻlchining bu yoʻlda halok boʻlishi tasvirlangan.
Qahramonlari
tahrir- Yoʻlchi – bosh qahramon, Mirzakarimboyning jiyani, Gulnorning sevgilisi. Asar nomidagi „Qutlugʻ qon“ Yoʻlchining qoni.
- Gulnor - Yoʻlchining sevgilisi, xotini vafot etganidan keyin Mirzakarimboy uylanib olgan qiz.
- Mirzakarimboy - Yoʻlchining togʻasi, dong'i butun shaharga tarqagan boy.
- Xushroʻybibi - Yoʻlchinig onasi.
- Nuri – Mirzakarimboyning Yoʻlchiga koʻngil qoʻygan qizi.
- Tantiboyvachcha - Mirzakarimboyning kuyovi.
- Hakimboyvachcha - Mirzakarimboyning katta farzandi.
- Salimboyvachcha - Hakimboyvachchaning ukasi, Nurining akasi, Mirzakarimboyning farzandi.
- Yormat - boyning xizmatkori, Gulsumbibining turmush o'rtog'i, Gulnorning otasi.
- Shokir ota – etikdoʻz chol. Yoʻlchi va singlisiga otasidek boʻlib qolgan, uyidan joy bergan, Qutlugʻ qon soʻzi aynan uning ogʻzidan jaranglagan.
- Shoqosim - Mirzakarimboyning ishchilaridan biri.
- Oʻroz - Yoʻlchining qirgʻiz doʻsti, Mirzakarimboyning ishchilaridan biri.
- Qoratoy - Yoʻlchining temirchi doʻsti.
- Unsin - Yoʻlchining singlisi.
- Gulsumbibi - Yormatning xotini.
- Qambar choʻloq
- Parpixoʻja
- Olimxon ellikboshi