Quymuch nervi
Quymuch nervi — odam va umurtqali hayvonlardagi eng yirik nerv. Orqa miya oʻsiqlari va orqa miya tugunining sezuvchi tolalari (odamda 4, 5-juft bel va 1—3-juft dumgʻaza nervlari)dan hosil boʻladi. Bu nerv dumgʻaza chigalidan uzun tarmoqlar tarzida noksimon muskul osti teshigi orqali chiqadi. Quymuch nervi bitta yaxlit biriktiruvchi toʻqima pardasi bilan oʻralgan, katta boldir va kichik boldirning umumiy nervlaridan iborat. Bulardan biri oyoq kafti va boldirning orqa guruh muskullarini inner-vatsiyalaydi, u tizza, panja boʻgʻimi va panjaning kaft terisi bilan medial tomondagi terisiga tarmoklar beradi. Ikkinchisi umumiy kichik boldir ne-rvi chuqur (harakatlantiruvchi tolalar) va yuza (sezuvchi tolalardan iborat) shoxlarga boʻlinib, tovon va boldirning tashqi tomonidan terisini in-nervatsiyalaydi. Qn.ning ogʻriqli yalligʻlanishi — ishias koʻproq quzatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |