Quyun — atmosferada vujudga keladigan kuchli uyurma shamol. Diametri bir necha 10 m dan bir necha 100 m, balandligi 800– 1500 m ga yetadi. Havo qatlamlarida temperatura beqaror boʻlganda, qattiq isigan havo yuqoriga tez koʻtarilishi natijasida, koʻp hollarda momaqaldiroqli bulutlarda vujudga keladi. Yeng yoki xartum shaklida boʻlib, quruqlik yoki dengiz boʻylab asosan soat mili harakatiga teskari yoʻnalishda spiral koʻrinishida yuqoriga harakat qiladi. Yer yuzasidan chang-toʻzon, suv va boshqa buyumlarni koʻtarib ketadi. Us tki qismi voronkasimon boʻlib, bulutlar bilan tutashadi. Sequndiga 50– 100 m tezlik bilan aylanadi. Yer yuzasi boʻylab sekundiga 10–20 m tezlikda harakat qiladi va 40–60 km gacha davom etadi. Q. AQShda tornado deb ataladi.