RAF Knettishall – Suffolkdagi sobiq Ikkinchi Jahon urushi aerodromi boʻlgan. Urush paytida Amerika Qoʻshma Shtatlari armiyasining havo kuchlari unga 136 raqamini berishgan, 1943-1945-yillarda sakkizinchi havo kuchlarining 388-bombardimon guruhi shu yerda joylashgan[1]. Urush tugaganidan keyin Qirollik havo kuchlari ehtiyojlari uchun aerodrom ortiqcha deb topilgab va 1957-yilda aerodrom yopilgan. Uchish-qoʻnish yoʻlaklari va binolarning aksariyati 1960-yillarning oxiriga kelib buzib tashlangan boʻlsada, 2000-yilga kelib ularning baʼzilari hali ham vayrona holda saqlanib qolgan[2]. Aerodromning oʻzi hozirgi kungacha yengil aviatsiya samolyotlari uchun cheklangan miqdorda foydalanishda qolmoqda[3].

RAF Knettishallning aerofotosurati, 1951-yil
Avval RAF Knettishall deb nomlangan hududda ishlatilgan samolyot

Manbalar

tahrir
  1. Anderson, Capt. Barry. Army Air Forces Stations: A Guide to the Stations Where U.S. Army Air Forces Personnel Served in the United Kingdom During World War II. Maxwell AFB, AL: Research Division, USAF Historical Research Center, 1985. Qaraldi: 2012-yil 7-iyul. 
  2. „KNE 031 - Knettishall Airfield - Suffolk Heritage Explorer“. heritage.suffolk.gov.uk.
  3. „Knettishall“. www.abct.org.uk. Airfields of Britain Conservation Trust UK.

Havolalar

tahrir